
Talabalar va bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş, ularni mehnat bozoriga tayyor, raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllantiriş maqsadida Qöqon davlat universiteti hamda Registon Study öquv markazi örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum oliy taʼlim va nodavlat taʼlim sektori örtasidagi integratsiyani kuçaytiriş, nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan uyğunlaştiriş hamda yoşlarning kasbiy rivojlanişiga kömaklaşişni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida iqtidorli hamda çet tillari böyiça milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalar “Registon Study” tizimidagi öquv markazlariga işga jalb etiladi. Bu orqali talabalar öqiş jarayonidayoq amaliy pedagogik tajriba orttiriş, daromad topiş va öz kasbiy könikmalarini mustahkamlaş imkoniyatiga ega böladilar.
Şuningdek, “Registon Talent Pool”, stajirovka, mentorlik va “Ustoz–şogird” dasturlari orqali talabalar uçun tizimli kasbiy rivojlaniş muhiti yaratiladi. Mazkur dasturlar yoşlarning nafaqat professional bilim va könikmalarini, balki liderlik, jamoada işlaş, muloqot madaniyati va şaxsiy samaradorlik kabi kompetensiyalarini ham rivojlantirişga xizmat qiladi.
Memorandumga muvofiq, universitet talabalari “Registon Study” öquv markazlarida 10 foizlik çegirma asosida taʼlim oliş imkoniyatiga ega böladilar. Yuqori natija körsatgan yoşlar esa bonus va turli imtiyozlar bilan rağbatlantiriladi. Bu esa talabalarni doimiy ösiş va yuqori natijalarga intilişga undaydi.
Bundan taşqari, hamkorlik doirasida seminarlar, treninglar, master-klasslar taşkil etiş, ilmiy va innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy qiliş, zamonaviy taʼlim metodikalarini almaşiş ham rejalaştirilgan.
Mazkur kelişuv oliy taʼlim va amaliy sektor örtasidagi uzviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoşlarning bandligini oşiriş hamda ularni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravişda tayyorlaş yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…