
Qöqon davlat universitetida 2025–2026-öquv yili bakalavriat hamda magistratura taʼlim yönalişlari böyiça talabalar uçun töliq va töliq bölmagan taʼlim grantlari taqsimoti umumiy tanlov natijalari eʼlon qilindi.
Taʼlim grantlarini qayta taqsimlaş jarayonidan norozi bölgan talabgorlar har bir körsatkiç böyiça 48 soat içida Registrator ofisiga murojaat qilişlari mumkin.
Grant taqsimoti natijalari (bakalavr)
Grant taqsimoti natijalari (magistratura)
Taʼlim grantini qayta taqsimlaş jarayonlaridan norozi bölgan talabgorlar uçun har bir körsatkiç natijalari böyiça Registrator ofisiga http://grant.kokandsu.uz/ sahifasi orqali apellyatsiya beriş imkoniyati yaratilgan. Talabgorlardan natijalar eʼlon qilinganidan boşlab (30-avgust soat 12:24) 48 soat davomida apellyatsiya murojaatlari onlayn va offlayn qabul qilinadi. Apellyatsiya arizalari uç kun muddat içida körib çiqiladi.
Talabgor talaba apellatsiya şikoyati berişi uçun taʼlim grantiga ariza bergan va arizasiga rad javobi berilmagan bölişi lozim.
Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan apellyatsiya murojaatlari körib çiqilgandan söng yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.
Telefon: +998905561018 — Maʼlumotlar bazasi bölimi boşliği A. Hasanov
Registrator ofisiga onlayn murojaat qiliş: @QDU_RegOfficeBot
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…