
Talabalarning darsdan böş vaqti qanday ötmoqda? Ularning yaşaş şaroitlari talabga javob beradimi? Bu savollar oliy taʼlim muassasalari rahbariyati diqqat markazida turgan doimiy masalalardan biridir.
Bugun Qöqon davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani, professor Nigoraxon Erkaboyeva talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi. Uşbu taşrif şunçaki örganiş emas, balki ustoz va şogird örtasidagi samimiy muloqotga aylandi.
Professor N. Erkaboyeva dastlab Talabalar turar joyidagi şaroitlar bilan tanişdi. Xonalarning issiqligi, yoritiş tizimi va talabalar uçun taşkil etilgan maʼnaviyat xonalarining faoliyati közdan keçirildi. Dekan yoşlar bilan suhbatda dars tayyorlaş uçun yaratilgan qulayliklar böyiça ularning fikrlari bilan qiziqdi.
Taşrifning keyingi bosqiçi ijara xonadonlarida yaşayotgan talabalar xonadonlariga yönaltirildi. Professor har bir xonadonda bölar ekan, isitiş moslamalaridan foydalanişda texnika xavfsizligiga rioya etilişi, ovqatlaniş, dam oliş va mutolaa uçun yaratilgan şaroit, talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişi va xonadon egalari bilan munosabatlariga alohida eʼtibor qaratdi.
"Biz uçun talabaning nafaqat auditoriyadagi bilim olişi, balki darsdan keyingi hayoti, salomatligi va xavfsizligi ham birdek muhim. Maqsadimiz — har bir yoş özini xuddi uyidagidek his qilişiga kömaklaşiş," — deya taʼkidlaydi Nigoraxon Erkaboyeva.
Oçiq muloqot davomida talabalar özlarini qiynayotgan masalalar va takliflarini bildirişdi. Ayrim yoşlarning yaşaş şaroitini yaxşilaş böyiça joyida masʼullarga topşiriqlar berildi. Şuningdek, talabalarga moslaşiş davri va özaro hamjihatlik böyiça qimmatli tavsiyalarini ham berildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



