
Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti talabalari örtasida darts sport turi böyiça musobaqa ötkazildi. Mazkur sport tadbiri yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularning jismoniy faolligini oşiriş hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlaş maqsadida taşkil etildi. Musobaqada jami 38 nafar talaba iştirok etdi.
Musobaqa davomida iştirokçilar belgilangan qoidalar asosida öz mahoratlarini namoyon etdilar. Natijalarga köra, qizlar örtasida 1-örinni 1-bosqiç talabasi Tursunova Marjona (çolğu ijroçiligi yönalişi), 2-örinni Ikromova Mavluda (tasviriy sanʼat yönalişi), 3-örinni Jamoliddinova Muxlisa (drama, kino va teatr yönalişi) egalladi. Yigitlar örtasida esa 1-örinni Qöçqorov Kozimbek (aşula va raqs yönalişi), 2-örinni Abdurasulov Nodirbek (musiqa va teatr yönalişi), 3-örinni Norboyev Şohjahon (musiqa va teatr yönalişi) qölga kiritdi.
Hakamlik jarayoni Jismoniy madaniyat kafedrasi öqituvçilari A. Saruxanov va G. Muratova tomonidan olib borildi. Şuningdek, magistratura bölimi magistranti N. Yölçiyeva hamda jismoniy madaniyat yönalişi talabalari I. Madmarov, A. Qobilov va S. Usmonov hakamlik jarayonida faol iştirok etdilar. Umuman olganda, musobaqa kötarinki ruhda, tartibli va yuqori saviyada ötkazildi. Tadbir yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qildi. Yakunda ğolib va sovrindorlar fakultet tomonidan sport diplomlari bilan taqdirlandilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





