
Qöqon davlat universitetida 1-bosqiç talabalari uçun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga bağişlangan seminar-uçraşuvlar bölib ötdi
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida nafaqat nazariy bilim beriş, balki talaba-yoşlar örtasida ilmiy salohiyatni oşiriş va ularni izlanişlar olamiga erta jalb etiş eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Şu munosabat bilan, Qöqon davlat universitetining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş bölimi tomonidan 1-bosqiç talabalari uçun amaliy va muloqotga boy uçraşuvlar taşkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga universitetda iqtidorli yoşlar uçun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar, turli tanlov hamda fan olimpiadalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, Prezident va nomdor davlat stipendiyalari, respublika va xalqaro grantlar hamda istiqbolli startap loyihalarini moliyalaştiriş tartib-taomillari keng tuşuntirildi. Şuning bilan birga, talabalarning ilmiy salohiyatini röyobga çiqariş va ularning har bir taşabbusini har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuv savol-javoblar va oçiq muloqot tarzida davom etib, birinçi bosqiç talabalarida katta taassurot hamda kelajak rejalarga işonç uyğotdi.
— Oliy öquv yurtiga qadam qöyganimizdanoq bizga şunday keng imkoniyatlar eşigi oçiqligini biliş juda quvinarli, — deydi Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi Yöldoşeva Aʼloxon. — Uçraşuvda xalqaro grantlar va nufuzli stipendiyalarga qanday erişiş mumkinligi haqida aniq yönalişlar oldik. Til örganiş bilan çeklanib qolmasdan, çet tili va pedagogika kesimida öz ilmiy-tadqiqot loyihamni boşlaşga va tez orada startap tanlovlarida qatnaşişga qaror qildim.
Tadbir yakunida söz olgan bölim vakillari yoşlarning har bir ilmiy ğoyasi va intilişi munosib rağbatlantirilişini va zarur amaliy kömak berilişini ta’kidladilar. Birinçi bosqiçdanoq ilm-fanga yönaltirilgan bunday samarali uçraşuvlar talaba-yoşlarning kelajakda yetuk mutaxassis va el-yurt koriga yaraydigan olim bölib yetişişlarida muhim poydevor bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


