
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida “Ayollardek gözalsan bahor” nomli rasm çiziş böyiça ijodiy körik-tanlov taşkil etildi. Tadbir talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, tasviriy sanʼatga bölgan qiziqişni oşiriş va bahor faslining gözalligini hamda ayol siymosining nafisligini sanʼat orqali ifoda etiş maqsadida ötkazildi.
Körik-tanlovda fakultetning barça kurs talabalari faol qatnaşdi. Iştirokçilar özlarining ijodiy işlari orqali bahor mavzusini, tabiat uyğonişini, gullarning gözalligini, şuningdek, ayol siymosining nafisligi va mehribonligini ranglarda aks ettirdilar. Talabalar ranglar uyğunligi, kompozitsiya yeçimi va badiiy tafakkur asosida öz rasmlarini yaratib, hakamlar hayʼati oldida namoyiş etdilar.
Tadbir davomida talabalarning ijodiy işlari nafaqat bahorning latofati va tabiat uyğonişini, balki ayol mehr-muhabbatini, ona va opa-singil mehrini, şuningdek, zamonaviy yoşlar nigohi orqali ifodalangan turli badiiy ğoyalarni özida jamladi. Har bir iştirokçining işida individual yondaşuv va öziga xos badiiy uslub aks etdi. Hakamlar hayʼati işlardagi ranglar uyğunligi, mavzuni ifodalaş, tafakkur darajasi va ijodiy yondaşuvni asosiy mezon sifatida baholadi.
Tanlov yakunida ğoliblar aniqlandi: eng yuqori bahoga ega bölgan ijodiy işlar mualliflari faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Şuningdek, barça iştirokçilarga faol qatnaşgani uçun minnatdorçilik bildirildi. Tadbir yakunida fakultet professor-öqituvçilari yoşlarning sanʼatga bölgan qiziqişi va ijodiy salohiyatini yuksak qadrlaşini taʼkidladi.
Mazkur körik-tanlov nafaqat talaba-qizlarning tasviriy sanʼatga bölgan qiziqişini oşirdi, balki universitet jamoasida bayramona muhitni yaratişga xizmat qildi. Tadbir davomida iştirokçilar, professor-öqituvçilar va mehmonlar birgalikda bahor şukuhini his qilib, xotin-qizlarga bölgan hurmat va ehtiromni yana bir bor namoyiş etdilar.
Universitetimizda taşkil etilgan bunday ijodiy tadbirlar yoşlarning estetik didini rivojlantiriş, sanʼatga qiziqişini oşiriş va ularning kreativ tafakkurini şakllantirişga hissa qöşadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








