
Qöqon davlat universiteti hamda Ekologik partiya taşabbusi bilan “Tabiat uçun birlaşamiz” şiori ostida ommaviy velosayl va sport forumi yuqori saviyada, kötarinki ruhda taşkil etildi. Tadbir universitet hayotidagi eng yirik ommaviy sport-ijtimoiy loyihalardan biriga aylandi. Unda barça fakultetlardan faol, taşabbuskor talaba-yoşlar, professor-öqituvçilar hamda jamoatçilik vakillari keng iştirok etib, tabiatni asraş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş ğoyasini qöllab-quvvatladilar.
Tadbirning eng yorqin qismlaridan biri ommaviy velosayl bölib, unda har bir fakultetdan saralab olingan velosipedçi talabalar yagona safda harakatlanib, ekologik toza transport vositalarini ommalaştirişga hissa qöşdilar. Iştirokçilar sport kiyimlarida, fakultet nomlari aks etgan nakidkalarda maydonga çiqib, jamoaviylik va birdamlik timsolini namoyon etdilar. Eʼtiborlisi, nogironligi bölgan talabalar ham öz aravaçalarida faol qatnaşib, tadbirning inklyuziv va ijtimoiy ahamiyatini yanada oşirdilar. Bu esa universitetda har bir talaba uçun teng imkoniyatlar yaratilayotganining amaliy ifodasi böldi.
Forum doirasida ötkazilgan 5000 qadam yuriş aksiyasi talaba-yoşlar orasida katta qiziqiş uyğotdi. Mazkur aksiya orqali iştirokçilar nafaqat jismoniy faollikni oşirdilar, balki tabiat bilan uyğun yaşaş, soğlom hayot tarzini tanlaş ğoyalarini amalda namoyon etdilar. Şuningdek, barça fakultetlar tomonidan tayyorlangan ommaviy badantarbiya maşqlari bir vaqtning özida bajarilib, maydonda haqiqiy sport bayrami muhitini yuzaga keltirdi.
Tadbirning madaniy qismi ham alohida eʼtiborga molik böldi. Sanʼat va sport fakulteti tomonidan taşkil etilgan milliy orkestr va doiraçilar çiqişlari, milliy çolğu asboblarining jarangi barça iştirokçilarga özgaça kayfiyat bağişladi. Rang-barang bayroqlar bilan bezatilgan hududda ötkazilgan “Köngil ekologiya” nomli rasmlar tanlovida esa iqtidorli rassom talabalar öz ijodiy işlarini namoyiş etib, tabiatni asraş ğoyasini ijodiy işlari orqali ifodaladilar.
Mazkur forum talaba-yoşlarda ekologik madaniyatni yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişga xizmat qiluvçi muhim taşabbus sifatida eʼtirof etildi. Eng muhimi, bu kabi tadbirlar yoşlarni nafaqat jismonan çiniqtiriş, balki ularni tabiatga mehr, atrof-muhitga masʼuliyat bilan qaraş ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








