
Qöqon davlat universiteti hamda K.I. Satpayev nomidagi Qozoğiston Milliy Texnika Tadqiqot Universiteti örtasidagi hamkorlik aloqalari izçil rivojlanmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida universitetning 10 nafar professor-öqituvçisi malaka oşiriş dasturida iştirok etiş uçun Qozoğistonga yuborildi.
Bugundan boşlab dastur iştirokçilari uçun öquv maşğulotlari boşlandi. Malaka oşiriş jarayonida raqamli taʼlim texnologiyalari, sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar tahlili yönalişlari böyiça nazariy va amaliy maşğulotlar taşkil etilişi rejalaştirilgan. Tinglovçilar zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, ilğor dasturiy vositalar va innovatsion tadqiqot metodologiyalari bilan yaqindan tanişadi.
Uşbu dastur professor-öqituvçilarning kasbiy salohiyatini yanada oşiriş, ilğor xorijiy tajribani taʼlim jarayoniga tatbiq etiş hamda öquv jarayonini xalqaro standartlar asosida takomillaştirişga xizmat qiladi. Şuningdek, hamkorlik doirasida kelgusida qöşma ilmiy loyihalar, akademik almaşinuv dasturlari va ikki tomonlama seminar-treninglarni yölga qöyiş közda tutilgan.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, K.I. Satpayev nomidagi Qozoğiston Milliy Texnika Tadqiqot Universiteti Qozoğistonning yetakçi texnik oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet xalqaro reytinglarda barqaror ösişni namoyon etib kelmoqda. Jumladan, QS World University Rankings 2026-yilgi natijalariga köra, mazkur oliy taʼlim muassasasi dunyoning TOP-300+ universitetlari qatoridan örin olib, 331-poğonani egalladi. Bu natija uning Markaziy Osiyodagi yetakçi texnik universitetlardan biri sifatidagi nufuzini yanada mustahkamladi.
Xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va professor-öqituvçilar malakasini muntazam oşirib boriş orqali Qöqon davlat universitetida taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni yangi bosqiçga olib çiqiş maqsad qilingan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



