
Qöqon davlat universitetida talaba-yoşlar va professor-öqituvçilar örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oliş hamda zararli odatlardan xoli hayot tarzini tarğib etişga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar taşkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida soha mutaxassislari iştirokida oçiq muloqotlar, maʼruza va savol-javob uçraşuvlari ötkazilib, iştirokçilarga soğliqni asraş böyiça zarur tavsiyalar berildi. Tadbirda Farğona viloyati 2-sonli narkologiya dispanseri narkolog şifokori Fazliddin Husanov, Qöqon şahar 1-oilaviy poliklinikasining oliy toifali şifokori Ziyodaxon Alimova hamda Qöqon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi terapiya kafedrasi boş öqituvçisi, şifokor-terapevt Gavharxon Qodirova iştirok etdi.
Mutaxassislar öz çiqişlarida, avvalo, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillar — notöğri ovqatlaniş, kamharakatlik, stress, zararli odatlar, xususan, tamaki va alkogol isteʼmoli kabi holatlarga alohida töxtalib ötdilar. Şuningdek, giyohvandlik va uning inson salomatligiga, ruhiy holatiga hamda jamiyatga yetkazadigan salbiy taʼsiri haqida atrofliça maʼlumot berildi.
Tadbir davomida soğlom turmuş tarzining asosiy tamoyillari — muntazam jismoniy faollik, muvozanatli ovqatlaniş, töğri kun tartibi, ruhiy salomatlikni asraş va zararli odatlardan voz keçiş muhim ekani taʼkidlandi. Iştirokçilarga kundalik hayotda amal qiliş mumkin bölgan oddiy, ammo samarali tavsiyalar berilib, kasalliklarning oldini oliş har bir insonning öz qölida ekani tuşuntirildi.
Şuningdek, uçraşuv davomida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur maslahatlar oldilar. Bu esa tadbirning interaktiv va samimiy ruhda ötganidan dalolat berdi.
Mazkur profilaktik tadbirlar talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş madaniyatini yuksaltiriş, kasalliklarning erta oldini oliş va soğlom avlodni tarbiyalaş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





