
Qöqon davlat universiteti taşabbusi bilan Qöqon şahrining 68 ta mahallasida istiqomat qiluvçi yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularning yozgi ta’tilini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş maqsadida taşkil etilgan yozgi sport musobaqalariga start berildi. "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida ötkazilayotgan mazkur musobaqalar yoşlarning böş vaqtini samarali taşkil etiş, ularning jismoniy faolligini oşiriş hamda mahallalarda soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qilmoqda.
Musobaqalarning oçiliş marosimida Qöqon şahar hokimi Marufjon Usmonov, Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva, şahar mutasaddilari, sport sohasi vakillari, mahalla faollari hamda köplab yoşlar iştirok etdi.
Ta’kidlanganidek, sport nafaqat jismoniy çiniqiş, balki yoşlar örtasida döstlik, hamjihatlik, iroda va intizom kabi fazilatlarni şakllantirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois mazkur musobaqalar yoşlarning sportga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda ularni kelgusidagi yirik musobaqalarga tayyorlaşga ham xizmat qiladi.
Musobaqalar dasturidan şaxmat va şaşka, voleybol, basketbol 3x3, armrestling, regbi-7, stol tennisi, yengil atletika hamda kibersport yönalişlari örin olgan. Har bir sport turi böyiça mahallalardan şakllantirilgan jamoalar va sportçilar özaro bellaşib, ğoliblik uçun kuraş olib boradilar.
Sport festivali doirasidagi ilk musobaqalardan biri bölgan vorkaut bahslari ham yuqori saviyada taşkil etildi. Qöqon şahar Yoşlar boğida ötkazilgan musobaqada şaharning 68 ta mahallasidan 156 nafar yoş iştirok etib, özining jismoniy tayyorgarligi, kuçi, çidamliligi va mahoratini namoyiş etdi.
Musobaqa yakunlariga köra, Böston mahalla fuqarolar yiğinidan iştirok etgan Raxmatillo Raximov faxrli 1-örinni qölga kiritib, ğolib deb topildi.
Yozgi sport festivali doirasidagi bahslar endilikda boşqa sport turlari böyiça ham davom etadi. Jumladan, iştirokçilar şaxmat va şaşka, voleybol, kibersport, basketbol, armrestling, regbi-7, stol tennisi hamda yengil atletika yönalişlarida özaro kuç sinaşadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








