
Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti Çolğu ijroçiligi kafedrasida “Çolğu ijroçiligi taʼlim integratsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi.
Anjuman işini Qöqon davlat universiteti ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Şarifjon Pulatov kiriş sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida anjumanning dolzarbligini taʼkidlab, sanʼat taʼlimida integratsion yondaşuvlarning ahamiyati, ijroçilik madaniyatini rivojlantiriş hamda milliy merosni zamonaviy taʼlim bilan uyğunlaştiriş masalalariga eʼtibor qaratdi.
Mazkur anjumanda Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti, Özbekiston davlat konservatoriyasi, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Farğona davlat universiteti, şuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan — Qirğiziston-Turkiya Manas universiteti professor-öqituvçilari, Özbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari hamda soha yönalişidagi taşkilotlar vakillari öz ilmiy maqolalari bilan faol iştirok etdilar.
Tadbir davomida “Çolğu ijroçiligi va taʼlim integratsiyasi: anʼanalar, zamonaviy yondaşuvlar va innovatsiyalar”, “Çolğu ijroçiligi taʼlimida xalq ijodiyoti va milliy meros”, “Çolğu orqali teatr sahnalarini jonlantiriş: musiqa va dramaturgiyaning sintezi”, “Çolğu va raqs orqali estetik tarbiyani şakllantirişda integratsiyalaşgan yondaşuvlar” şöbalarda olimlarning maʼruzalari tinglandi.
Anjuman doirasida yoş ijroçilar çiqişlari, ilmiy bahs-munozaralar hamda taʼlim va sanʼat integratsiyasiga oid ilğor tajribalar muhokamasi ötkazilib, soha rivojiga doir muhim tavsiyalar ilgari surildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








