
Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri yuqori saviyada taşkil etildi. Mazkur bayram fakultetning barça ayol ustozlari, xodimlari hamda talaba-qizlariga bölgan hurmat va ehtiromni ifoda etuvçi samimiy tadbir sifatida ötkazildi.
Tadbir fakultet dekani, professor Jamşid Todjiboyevning samimiy tabrik sözlari bilan oçib berildi. U öz nutqida ayollarning jamiyatdagi örni, oila va taʼlim-tarbiya tizimidagi beqiyos hissasi haqida alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, ayol ustozlar va talaba-qizlarning ilm-fan, sanʼat hamda sport sohalaridagi yutuqlari alohida eʼtirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbir davomida universitet rektorining fakultet jamoasi, ayniqsa ayol xodimlar va talaba-qizlarga yöllagan bayram tabrigi ham öqib eşittirildi. Mazkur tabriknoma Nozima Davletova tomonidan tantanali tarzda öqib berilib, unda ayollarga bölgan yuksak ehtirom, ularning jamiyat hayotidagi örni hamda fidokorona mehnati alohida taʼkidlandi.
Bayram tadbiri talaba-yoşlar tomonidan tayyorlangan rang-barang badiiy çiqişlar bilan davom etdi. Iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar, samimiy şeʼrlar hamda sahna körinişlari tadbirga yanada kötarinki ruh bağişladi. Ayniqsa, talabalar tomonidan namoyiş etilgan askiya sanʼati, qöğirçoq öynatiş mahorati hamda gözal qöşiqlar sadolari ostida ijro etilgan jozibador raqslar tomoşabinlar tomonidan katta qiziqiş va iliq olqişlar bilan kutib olindi.
Tadbir davomida fakultet hayotida faol iştirok etib kelayotgan bir guruh ayol ustozlar hamda iqtidorli talaba-qizlar eʼtirof etilib, ularga gul va esdalik sovğalari topşirildi. Bu esa bayram muhitini yanada kötarib, barça iştirokçilarga quvonç va iliq kayfiyat ulaşdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…







