
Yevropa amaliy fanlar va menejment universiteti rektori, professor Xolnazar Amonov Qöqon davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan qöşma taʼlim dasturlari doirasida öqişni davom ettirayotgan 4 nafar magistrant bilan uçraşdi.
Muloqot asosiy eʼtibor taʼlim jarayoni, tadqiqot işlarini taşkil etiş, kasbiy könikmalarni mustahkamlaş hamda kelgusi ilmiy va amaliyot yönalişlariga qaratildi.
Muloqot davomida talabalarning öqiş jarayoniga oid taassurotlari tinglandi: ular dasturdan olingan bilimning amaliyot bilan boğliqligi, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ötkaziladigan seminarlar va ingliz tilidagi darslar ularning professional ösişiga muhim taʼsir körsatganini taʼkidlandi.
Uçraşuvning oxirida iştirokçilar orasida oçiq mulohazalar almaşindi va talabalardan olingan fikrlar dasturni rivojlantirişga qaratilgan takliflarga aylantiriladi.
Uşbu uçraşuv qöşma taʼlim dasturlarining nafaqat akademik, balki amaliy jihatdan ham talabalar uçun qançalik foydali ekanligini yana bir bor namoyon etdi. Qöşma dasturlar doirasida olib boriladigan hamkorliklar universitetlar örtasidagi ilmiy aloqalarni kuçaytiriş va malakali kadrlar tayyorlaşga hissa qöşadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


