
Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti taşabbusi bilan talabalar iştirokida unutilmas raqs keçasi taşkil etildi. Turon madaniyat saroyida yuqori saviyada ötkazilgan mazkur tadbir yoşlarda sanʼatga bölgan qiziqişni oşiriş, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etişga xizmat qildi. Bayramona ruhda ötgan keça davomida milliy va zamonaviy raqslar uyğunligi tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Tadbirni universitet birinçi prorektori Ahmadjon Husanov kiriş sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidorini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidlab, bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar talabalarning har tomonlama kamol topişida muhim örin tutişini qayd etdi. Şuningdek, fakultet jamoasiga taşkiliy işlar uçun minnatdorlik bildirib, talabalarga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Raqs keçasi davomida fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan rang-barang çiqişlar namoyiş etildi. Sahna körinişlari, milliy liboslar jilosi va zamonaviy xoreografiya elementlari uyğunligi tadbirga özgaça joziba bağişladi. Ayniqsa, xalq raqslari va zamonaviy raqs yönalişlari sintezida yaratilgan kompozitsiyalar tomoşabinlar tomonidan olqişlarga sazovor böldi.
Tadbir yakunida faol va iqtidorli talabalar munosib taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovğalari topşirildi. Bu esa yoşlarda yanada katta marralarni zabt etiş, öz ustida işlaş va ijodiy izlanişlarni davom ettirişga bölgan iştiyoqni oşirdi.
Mazkur raqs keçasi nafaqat sanʼat bayrami, balki yoşlarning isteʼdodini kaşf etiş, ularni rağbatlantiriş hamda universitet hayotini yanada jonlantirişga xizmat qilgan muhim madaniy tadbir sifatida yodda qoldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








