
Bugun “GLOBAL ART & CERAMICS SUMMER CAMP – KOKAND 2026” xalqaro yozgi lageri iştirokçilari Farğona viloyatining qadimiy hunarmandçilik maskanlaridan biri — Rişton kulolçilik markaziga taşrif buyurib, özbek xalqining asrlar davomida şakllangan kulolçilik an’analari, milliy hunarmandçiligi va betakror san’at maktabi bilan yaqindan tanişdilar.
Rişton qadimdan kulolçilik san’ati rivojlangan hududlardan biri sifatida nafaqat Özbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham öziga xos mavqega ega. Hududda şakllangan kulolçilik maktabi özining rang-barang bezaklari, nafis naqşlari, öziga xos sirlaniş usullari hamda avloddan avlodga ötib kelayotgan ustoz-şogird an’analari bilan ajralib turadi.
Taşrif davomida xalqaro yozgi lager iştirokçilari Rişton kulolçilik san’atining noyob namunalarini tomoşa qildilar. Ular milliy bezaklar bilan bezatilgan sopol buyumlar, an’anaviy idişlar va hunarmandlar tomonidan yaratilgan turli san’at asarlari bilan tanişib, ularning tayyorlaniş jarayoniga alohida qiziqiş bildirdilar.
Mehmonlar uçun Riştonlik mohir kulollar tomonidan kulolçilikning amaliy jarayonlari ham namoyiş etildi. Iştirokçilar loyni tayyorlaş, unga şakl beriş, kulolçilik çarxida buyum yasaş, naqş soliş va uni pişiriş kabi jarayonlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ustalar tomonidan kulolçilikning öziga xos nozik jihatlari, qadimiy usullari va zamonaviy yondaşuvlari haqida berilgan tuşuntirişlar xalqaro mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Ayniqsa, kulolçilik buyumlarida aks etadigan milliy naqş va bezaklarning mazmun-mohiyati, ularning ramziy ma’nolari hamda Farğona vodiysi kulolçilik maktabiga xos jihatlar iştirokçilarning e’tiborini tortdi. Amaliy jarayonlarni bevosita kuzatiş esa ularga kulolçilik oddiy hunar emas, balki katta mahorat, sabr-toqat, ijodiy tafakkur va köp yillik tajribani talab qiladigan san’at turi ekanini yanada çuqurroq anglaş imkonini berdi.
Taşrif davomida iştirokçilar ustalar bilan muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Şuningdek, an’anaviy kulolçilikning bugungi kundagi rivoji, milliy hunarmandçilikni asrab-avaylaş, yoş avlodga yetkaziş hamda uni xalqaro miqyosda tarğib qiliş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Rişton kulolçilik markaziga uyuştirilgan mazkur taşrif “GLOBAL ART & CERAMICS SUMMER CAMP – KOKAND 2026” xalqaro yozgi lagerining madaniy-ma’rifiy dasturidagi muhim tadbirlardan biri böldi. Lager iştirokçilari uçun san’at va ijodiy maşğulotlar bilan bir qatorda, Özbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va milliy hunarmandçilik an’analarini bevosita örganiş uçun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Bunday taşriflar xorijiy va mahalliy iştirokçilar örtasida madaniy muloqotni rivojlantiriş, turli xalqlarning san’at va hunarmandçilik an’analarini özaro anglaş, şuningdek, Özbekistonning noyob madaniy merosini xalqaro miqyosda keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rişton safari iştirokçilarga Farğona vodiysining qadimiy kulolçilik an’analarini nafaqat kuzatiş, balki uni bevosita his qiliş, mohir ustalar tajribasidan bahramand böliş va öz ijodiy qaraşlarini milliy san’at namunalari bilan boyitiş imkonini berdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





