
Bugun Latviya poytaxti Riga şahrida Özbekiston va Latviya örtasida ilk bor taʼlim forumi ötkazildi. Unda ikki mamlakat oliy taʼlim vazirliklari vakillari, şuningdek, 50 ga yaqin yetakçi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari iştirok etdi.
Forumda Qöqon davlat universiteti rektori, professor Dilnoza Xodjayeva öz maʼruzasi bilan qatnaşib, Özbekiston va Latviya oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, bilimli, taşabbuskor va zamonaviy fikrlovçi yoşlarni tarbiyalaş uçun keng imkoniyatlar yaratiş masalalariga töxtaldi. Şuningdek, universitetning Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Nigora Qodirova ham forumda iştirok etdi.
Tadbir doirasida Latviya nufuzli universitetlaridan biri Ventspils amaliy fanlar universiteti hamda Qöqon davlat universiteti örtasida malaka oşiriş dasturlarini yölga qöyiş, professor-öqituvçilar va talabalar uçun akademik almaşinuv dasturlarini amalga oşiriş, xorijiy professorlarni öquv jarayonlariga jalb etişga qaratilgan memorandum imzolandi.
Ventspils amaliy fanlar universiteti rektori Andris Vaivads bilan muzokaralar yakunida universitetlar örtasida taʼlim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari ham belgilab olindi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


