
Qöqon davlat universitetida yoşlar örtasida milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş, jismoniy faollikni oşiriş hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlaş maqsadida “Milliy (etnik) öyinlar” böyiça “Rektor kubogi” sport musobaqasi yuqori saviyada taşkil etildi.
Mazkur musobaqada universitetning turli fakultetlaridan şakllangan jamoalar iştirok etib, milliy anʼanalarimizni özida mujassam etgan qiziqarli va bahsli öyinlarda öz kuç va mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Bellaşuvlar davomida iştirokçilar nafaqat jismoniy çiniqiş, balki çaqqonlik, epçillik va jamoa bilan işlaş könikmalarini ham namoyon etdilar.
Musobaqa dasturidan xalq orasida qadimdan maşhur bölgan quyidagi milliy öyinlar örin oldi: Lanka, Eşak mindi, Arqon tortiş, Örtaga kirar hamda Töp otiş. Har bir öyin tomoşabinlar uçun kötarinki kayfiyat bağişlab, iştirokçilar örtasida soğlom raqobat muhitini yuzaga keltirdi.
Ayniqsa, arqon tortiş va örtaga kirar kabi jamoaviy öyinlarda fakultet jamoalari özaro hamjihatlik va birdamlikni yorqin namoyon etdilar. Musobaqa davomida sportga xos halollik, intizom va hurmat tamoyillari ustuvor böldi.
1-örin — Sanʼat va sport fakulteti
2-örin — Xorijiy filologiya fakulteti
3-örin — Gumanitar fanlar va tillar fakulteti
Tadbir yakunida ğolib va sovrindor jamoalar “Rektor kubogi” hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Uşbu musobaqa talaba-yoşlar örtasida milliy öyinlarga bölgan qiziqişni yanada oşiriş, ularni asrab-avaylaş va kelajak avlodga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Umuman olganda, “Rektor kubogi” doirasidagi milliy öyinlar musobaqasi universitet hayotida yorqin voqealardan biri bölib, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va milliy qadriyatlarimizni keng tarğib qilişda muhim örin tutdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








