
Qöqon şahar Musiqali drama teatrida Qöqon davlat universiteti tomonidan “Talabalar oyligi” doirasida taşkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar – Rektor kubogi 2025” körik-tanlovi katta tantana va bayramona ruhda bölib ötdi.
Mazkur tanlov har yili talabalar tomonidan intizorlik bilan kutiladigan eng qiziqarli sahna loyihalaridan biri bölib, bu yil ham özining şukuhli va tomoşabop çiqişlari bilan barçaning eʼtiborini tortdi. Universitetning turli fakultetlaridan tuzilgan jamoalar hazil, topqirlik, sahnaviy improvizatsiya va ijodiy ğoyalar bilan boyitilgan çiqişlarini namoyiş etdi.
Tadbirning oçilişida talabalarga motivatsiya, taşabbuskorlik va jamoaviy hamkorlikning ahamiyati taʼkidlandi. Şundan söng jamoalar örtasidagi qizğin bellaşuv boşlanib, har bir sahna körinişi tomoşabinlar tomonidan olqişlar bilan kutib olindi. Jamoalarning öziga xos hazili, aktyorlik mahorati, turfa obrazlar va jonli sahna öyinlari zalga yiğilganlarga çinakam quvonç ulaşdi.
Körik-tanlov jarayoniga hakamlar hayʼati tomonidan professional mezonlar asosida baho berildi. Unda jamoalarning kreativligi, sahna madaniyati, mavzuni yoritiş uslubi, çiqişning umumiy taʼsirçanligi va tomoşabin bilan muloqotga kirişa oliş mahorati inobatga olindi.
Hakamlar hayʼati qaroriga köra, 1-örin Gumanitar fanlar va tillar fakultetining “Trenddagi yoşlar” jamoasiga, 2-örin Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “Parvoz” jamoasiga, 3-örin Sanʼat va sport fakultetining “Dadamning jamoasi”ga masib etdi.
Şukuhli taassurotlar, kötarinki kayfiyat va talabalarning serqirra iqtidorlari bilan yodda qolgan uşbu tanlov “Talabalar oyligi”ning eng esda qolarli tadbirlaridan biriga aylandi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








