
Yoşlar ongini yot illatlardan asraş, ularni soğlom turmuş tarziga yönaltiriş hamda ijtimoiy masʼuliyatini oşiriş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Şu maqsadda Pedagogika va psixologiya fakultetida talaba-yoşlar örtasida “Korrupsiya va giyohvandlikka qarşi kuraş — har birimizning burçimiz” mavzusida rasmlar tanlovi taşkil etildi. Mazkur tadbir yoşlarning nafaqat ijodiy salohiyatini namoyon etiş, balki ularning jamiyatdagi dolzarb muammolarga nisbatan ongli munosabatini şakllantirişga xizmat qildi.
Tanlov jarayonida iştirokçilar korrupsiya va giyohvandlik illatlarining jamiyat hayotiga, ayniqsa yoşlar kelajagiga yetkazadigan salbiy taʼsirini ranglar va obrazlar orqali teran ifodalaşga harakat qildilar. Har bir ijodiy işda muallifning şaxsiy qaraşi, içki keçinmalari va muammoni çuqur anglagani yaqqol sezilib turdi. Baʼzi asarlarda korrupsiyaning işonçni yemiruvçi illat sifatidagi mohiyati tasvirlangan bölsa, boşqalarida giyohvandlikning inson hayotini izdan çiqaruvçi xavfli yöl ekani taʼsirli sahnalar orqali aks ettirildi. Bu esa tanlovning nafaqat estetik, balki tarbiyaviy ahamiyatini yanada oşirdi.
Hakamlar hayʼati tomonidan ijodiy yondaşuv, mavzuning yoritilişi va badiiy mahorat mezonlari asosida eng sara işlar saralab olindi hamda ğoliblar aniqlandi. Tanlov davomida talabalar örtasida soğlom raqobat muhiti şakllanib, ularning faolligi va taşabbuskorligi yanada ortdi.
Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplaens nazorat” tizimini boşqariş bölimi boşliği Mirzobek Mahmudov sözga çiqib, bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning yoşlar tarbiyasidagi örni beqiyos ekanini taʼkidladi. Şundan söng ğoliblar tantanali ravişda sertifikat hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Eʼtirof etilgan ijodkorlar öz işlari orqali nafaqat sovrinlarga, balki keng jamoatçilik eʼtiboriga ham sazovor böldilar.
Mazkur rasmlar tanlovi yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni turli zararli illatlardan himoya qiliş hamda jamiyatda soğlom muhitni mustahkamlaş yölida muhim qadam böldi. Eng muhimi, bu kabi taşabbuslar orqali talaba-yoşlarning fikrlaşi, dunyoqaraşi va fuqarolik pozitsiyasi yanada mustahkamlanib borayotgani alohida eʼtiborga loyiqdir.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








