
Ijtimoiy tarmoqlarda Qöqon davlat universitetiga qaraşli talabalar turar joylaridan biri hududida joylaşgan bino faoliyati yuzasidan tarqalgan tanqidiy material böyiça quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Avvalo, universitetda talabalarni turar joy bilan taʼminlaş masalasi ustuvor vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda universitet tasarrufida 7 ta Talabalar turar joyi (TTJ) mavjud bölib, ular universitet hududi va unga yaqin hududlarda joylaşgan. Mazkur TTJlar jami 2670 öringa möljallangan.
2026-yil 13-fevral holatiga köra, TTJlarda 2646 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Ulardan 399 nafari öğil bolalar, 2247 nafari qizlar hisoblanadi. Ayni sana holatiga 24 ta böş örin mavjud.
Şu bilan birga, universitet talabalarining 839 nafari universitet hududiga yaqin, yaşaş uçun qulay şart-şaroitlarga ega bölgan 225 ta ijara xonadonda istiqomat qilmoqda. Qayd etiş joizki, ayrim talabalar şaxsiy tanloviga köra ijara xonadonlarda yaşaşni afzal köradi.
Bundan taşqari, davlat-xususiy şeriklik (DXSH) asosida barpo etilayotgan 800 örinli yangi talabalar turar joyi joriy yilning mart oyida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyiha talabalarni turar joy bilan taʼminlaş imkoniyatlarini yanada kengaytirib, ehtiyojni töliq qoplaşga xizmat qiladi.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, har qanday taʼlim yoki tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötgan bölişi şart. Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan obyektda faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim taşkiloti (MTT) belgilangan tartibda röyxatdan ötgan tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.
Mazkur bino 3-sonli talabalar turar joyiga tutaşgan alohida 1 qavatli yordamçi inşoot hisoblanadi. U uzoq vaqt davomida böş turgan bölib, hozirgi kunda ham maydonining qariyb 60 foizidan foydalanilmayapti.
Universitet balansidagi böş bino va inşootlardan foydalaniş tartibi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga beriş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi 660-son qaroriga muvofiq amalga oşiriladi.
Binoning böş turganligi yuzasidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga universitet tomonidan rasmiy murojaat kiritilgan. Uşbu murojaat asosida vakolatli organ tomonidan auksion savdolari ötkazilib, ğolib deb topilgan tadbirkorga bino belgilangan tartibda ijaraga berilgan.
Obyektdan foydalaniş böyiça universitet va tadbirkor örtasida amaldagi qonunçilik asosida rasmiy ijara şartnomasi tuzilgan. Şuningdek, faoliyat turi böyiça tegişli ruxsat va röyxatdan ötiş hujjatlari mavjud. Barça jarayonlar qonuniy asosda rasmiylaştirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotdan farqli ölaroq, 3-sonli talabalar turar joyining özi talabalar uçun töliq saqlab qolingan va 2023-yilda kapital taʼmirlangan. Unda talabalar yaşaşi uçun barça zarur şaroitlar yaratilgan.
Ijaraga berilgan bino yotoqxona xonalarini qisqartiriş hisobiga emas, balki alohida böş turgan inşoot negizida taşkil etilgan. Bundan taşqari, mazkur maktabgaça taʼlim taşkiloti universitetning Maktabgaça taʼlim kafedrasi uçun öquv-amaliy laboratoriya vazifasini ham bajaradi. Kelişuvga muvofiq, kafedra professor-öqituvçilari hamda talabalar uşbu maskanda amaliy maşğulotlar va malakaviy amaliyotlarni ötaş imkoniyatiga ega.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, mazkur masala yuzasidan jurnalist universitetga taklif etilgan va holatni joyiga çiqib örganiş imkoniyati yaratilgan edi. Biroq örganilmagan yoki biryoqlama maʼlumotlarni tarqatiş turli tuşunmovçiliklarga, ayrim hollarda esa qonunçilikda belgilangan javobgarlikka ham sabab bölişi mumkin.
Universitet rahbariyati ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan oçiq va şaffof hamkorlik tarafdori hisoblanadi. Şu bois, har qanday materialni eʼlon qilişdan oldin universitet matbuot xizmati bilan boğlaniş, rasmiy va aniq maʼlumot oliş maqsadga muvofiq ekanini sörab qolamiz.
Talabalar turar joyga ehtiyoj masalasi universitet rahbariyati tomonidan doimiy nazoratda bölib, yotoqxona infratuzilmasidan foydalaniş holatlari alohida huquqiy va ijtimoiy masʼuliyat bilan körib çiqiladi. Universitet tomonidan talabalar manfaatlariga zid qarorlar qabul qilinmaydi.
Mazkur holat böyiça barça jarayonlar amaldagi qonunçilik va normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oşirilganini maʼlum qilamiz.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…