
Qöqon davlat universitetida Germaniyaning Fridrix-Aleksandr Erlangen–Nyurnberg universiteti hamda Gerder nomidagi Şarqiy Markaziy Yevropa tarixiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Dinara Gagarina iştirokida “Raqamli tarix” mavzusida ilmiy seminar bölib ötdi. Seminar Gumanitar fanlar va tillar fakultetida professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar hamda talaba-yoşlar iştirokida taşkil etildi.
Tadbir davomida Dinara Gagarina tomonidan “Raqamli tarix nima?” mavzusida maʼruza taqdim etilib, tarix fanida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalaniş, tarixiy manbalarni raqamlaştiriş, ilmiy tadqiqotlarda innovatsion yondaşuvlarni qöllaş masalalari haqida atrofliça maʼlumot berildi. Seminar iştirokçilari mavzu yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda xalqaro ilmiy tajribalar bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Mazkur seminar tarix va gumanitar fanlar yönalişida tahsil olayotgan talabalar hamda ilmiy izlanuvçilar uçun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etdi. Tadbir davomida raqamli tarixning bugungi kundagi örni, ilm-fan rivojidagi ahamiyati va kelgusidagi istiqbollari haqida fikr almaşildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


