
Qöqon davlat universiteti xalqaro aloqalarini kengaytiriş yölida yana bir muhim qadam taşladi. Bugun universitet rektori Dilnoza Xodjayeva Qirğiziston Respublikasining Jalolobod şahrida joylaşgan K.Ş. Toktomamatov nomidagi Xalqaro universitet vakillarini bilan uçraşdi.
Mehmonlar safida universitetning ilmiy işlar, xalqaro aloqalar va innovatsiyalar böyiça prorektori, professor Tologon Omoşev, şuningdek, Aspirantura va doktorantura bölimi boşliği, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Azamat Kaliyev bölişdi.
Uçraşuvda ikki oliy taʼlim muassasalari örtasida 2025/2026 öquv yilidan boşlab qöşma taʼlim dasturlarini yölga qöyiş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, qöşma ilmiy loyihalar, seminar-treninglar ötkaziş kabi yönalişlarda hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar universitetlar örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni rasmiylaştiruvçi şartnomani imzolaşdi. Uşbu kelişuv ikki oliygoh örtasida taʼlim va ilm-fan yönalişidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqadi.
Qöqon davlat universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytiriş orqali taʼlim sifatini oşiriş va raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşni maqsad qilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…