
Qöqon davlat universiteti San’at va sport fakultetida BRICS-2026 doirasida Hindistonning Nyu-Dehli şahrida taşkil etilgan “BRICS Bazaar: Crafting Cultures, Connecting People” xalqaro körgazmasida iştirok etgan fakultet dotsenti Uluğbek Şarabayev bilan uçraşuv va taqdimot ötkazildi.
Taqdimot davomida xalqaro körgazma jarayoni, unda Özbekiston milliy stendining iştiroki hamda milliy tasviriy va amaliy san’at namunalari haqida söz yuritildi. Iştirokçilarga körgazmadan olingan foto va videolavhalar namoyiş etildi.
Körgazmada dastgohli rangtasvir va naqşkorlik yönalişidagi ijodiy işlar bilan iştirok etgan Uluğbek Şarabayev xalqaro madaniy maydondagi taassurotlari bilan örtoqlaşdi.
Şuningdek, Özbekiston milliy stendida Qöqon kulollik maktabiga xos laganlar, çoynak-piyolalar, mevadonlar va milliy naqşlar bilan bezatilgan buyumlar namoyiş etilgani ta’kidlandi.
Mazkur iştirok Qöqonning boy san’at va hunarmandçilik an’analarini xalqaro maydonda tarğib etiş, şuningdek, universitet professor-öqituvçilarining ijodiy salohiyatini namoyon etiş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



