
Farğona vodiysida tibbiy taʼlim va soğliqni saqlaş tizimini mutlaqo yangi bosqiçga olib çiquvçi yirik xalqaro loyihaga amalga oşirilişi kutilmoqda.
Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva boşçiligidagi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga taşrifi doirasida oliy taʼlim muassasasi tarixida yangi sahifa oçadigan muhim kelişuvlarga erişildi. Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari dunyoning nufuzli tibbiyot majmualaridan biri sanalgan “Xiʼan International Medical Center Hospital” rahbariyati bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuv yakunlariga köra, Qöqon davlat universiteti uçun strategik hamda tarixiy ahamiyatga ega bölgan özaro hamkorlik kelişuvlariga erişildi. Mazkur kelişuvga muvofiq, Xitoyning uşbu gigant tibbiyot markazi Qöqon davlat universitetida tibbiy taʼlimni yölga qöyiş va infratuzilmani rivojlantiriş uçun töğridan-töğri kömak beradi. Hamkorlik loyihasi doirasida universitet tarkibida xalqaro standartlarga töliq javob beradigan zamonaviy Tibbiyot fakulteti taşkil etiladi.
Şuningdek, loyihaning eng muhim bosqiçlaridan biri sifatida fakultet uçun ilğor meʼmorçilik yeçimlariga ega bölgan alohida kampus hamda aholiga yuqori texnologik xizmat körsatuvçi zamonaviy universitet klinikasi bunyod etiladi. Mazkur laboratoriya majmualari va klinika dunyoning eng sönggi rusumdagi tibbiy uskunalari hamda innovatsion texnologiyalari bilan jihozlanişi közda tutilgan. Kelişuvning yana bir ustuvor yönalişi — tibbiyot sohasidagi mahalliy kadrlar malakasini uzluksiz oşirib boriş, şifokor va professor-öqituvçilarni tizimli öqitiş hamda ularga xalqaro darajadagi sertifikatlar beriş tizimini joriy etişdan iborat.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, “Xiʼan International Medical Center” — yaxlit bir kompleks içida joylaşgan bölib, siğimi va quvvati böyiça dunyodagi eng yirik TOP-5 klinikalardan biri hisoblanadi. Mazkur tibbiyot markazi AQŞning maşhur “Mayo Clinic” tarmoği bilan rasmiy hamkorlikni yölga qöygan hamda tibbiyot sohasidagi nufuzli xalqaro JCI (Joint Commission International) sifat standartiga ega.
Universitet va butun Farğona vodiysi hududi uçun ulkan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bölgan uşbu strategik loyihani amalga oşiriş işlariga tez fursatlarda start berilişi rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



