
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qöqon davlat universiteti Filologiya fakultetida talaba qizlar örtasida “Zamonaviy qizlar davrasi” mavzusida ijodiy va bilimga asoslangan bellaşuv ötkazildi.
Tadbirning maqsadi — yoş avlod, ayniqsa talaba-qizlarni zamonaviy bilimlar, kitobxonlik, tadbirkorlik ğoyalari va iqtidorini namoyon etişga undaş, ularni maʼnaviy va intellektual jihatdan qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.
Bellaşuv tört şart böyiça ötkazildi:
“Guruhni taniştiriş” — iştirokçilar “Zamonaviy qiz kim?” mavzusida öz qaraş va tasavvurlarini sahna körinişlari, şeʼr orqali ifodalaşdi. Har bir jamoa zamonaviy ayolning bilimdon, faol, taşabbuskor va milliy qadriyatlarni qadrlaydigan obrazini yorqin aks ettirdi.
“Zamonamiz kitobxoni” — bu şartda talabalar kitobxonlik böyiça öz bilimlarini sinovdan ötkazib, öqigan asarlari, mualliflar hayoti va ijodi haqida javob berdilar. Şu orqali kitob öqişning inson tafakkuri va dunyoqaraşini boyitişdagi ahamiyatini tarğib qildilar.
“Biznes ğoya (yoki StartUp ğoya)” — qatnaşçilar özlarining zamonaviy tadbirkorlikka oid innovatsion takliflarini taqdim etdilar.
“Özliging namoyon qil” — bellaşuvning eng rang-barang va hissiyotga boy qismi bölib, unda guruh aʼzolari özining şaxsiy isteʼdodini namoyiş qildilar.
Bellaşuv yakunida taşkilotçilar bu kabi tadbirlar yoşlar uçun nafaqat öz qobiliyatini namoyon qiliş maydoni, balki döstlik, hamkorlik va öz ustida işlaşga undovçi maktab bölişini taʼkidlaşdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





