
Qöqon davlat universitetida bölib ötgan navbatdagi Kengaş majlisi bu safar odatiy muhokamalar bilan çeklanib qolmadi. U nafaqat dolzarb masalalar körib çiqilgan yiğiliş, balki ilm-fan yölida mehnat qilayotgan ustozlar hamda izlanişdan töxtamaydigan talabalar yutuqlari eʼtirof etilgan tantanali tadbirga aylandi.
Majlis universitet rektori Dilnoza Xodjayeva raisligida ötdi. Yiğiliş davomida oliygohda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlari, taʼlim sifatini oşiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş kabi muhim yönalişlar yuzasidan fikr almaşildi. Şu bilan birga, universitet jamoasining erişgan natijalari alohida eʼtibor markazida böldi.
Tadbirning eng muhim va quvonçli jihatlaridan biri — ilmiy daraja va unvonlarga sazovor bölgan professor-öqituvçilarni taqdirlaş marosimi böldi. Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq, öz ilmiy izlanişlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bir guruh ustozlarga diplomlar tantanali ravişda topşirildi. Bu yutuqlar nafaqat ularning şaxsiy mehnati, balki universitet ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganidan ham dalolat beradi.
Kengaş majlisida yoşlar masalasiga ham alohida urğu berildi. Universitetning eng iqtidorli va faol talabalari ham eʼtirof etilib, ularning yutuqlari keng jamoatçilikka namoyon qilindi. Xususan, 2025/2026-öquv yili uçun bakalavriat bosqiçining nufuzli davlat stipendiyalari — Navoiy stipendiyasi, Mirzo Uluğbek nomidagi stipendiya va boşqa mukofotlar sovrindorlari pul mukofotlari bilan rağbatlantirildi.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar ilmiy izlaniş, intizom va fidoyilik muvaffaqiyat kaliti ekanini taʼkidlab, yoşlarni yanada faol bölişga, yangi marralarni zabt etişga daʼvat etdilar. Bu kabi eʼtiroflar talabalar va ustozlar uçun kuçli motivatsiya bölib xizmat qilişi, kelgusida yanada yuksak natijalarga erişişda muhim omil bölişi qayd etildi.
Şu tariqa, Qöqon davlat universitetida ötkazilgan mazkur Kengaş majlisi ilm-fan va taʼlim yölida erişilgan yutuqlarni eʼtirof etiş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş hamda jamoani yangi marralar sari ruhlantirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…




