
Qöqon davlat universitetida Çexiya Respublikasidagi Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (European Institute of Applied Science and Management) bilan hamkorlikda zamonaviy sunʼiy intellekt taʼlim markazini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Mazkur hamkorlik böyiça tomonlar örtasidagi kelişuv Çexiya poytaxti Praga şahrida imzolandi.
Uşbu loyiha doirasida sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence), maşinali öqitiş (Machine Learning) va maʼlumotlar tahlili (Data Science) yönalişlari böyiça örta maxsus va oliy taʼlim bosqiçlarini qamrab olgan zamonaviy taʼlim tizimi yölga qöyiladi. Taʼlim jarayoni nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy loyihalar asosida taşkil etiladi.
Taʼlim markazini taşkil etiş va rivojlantiriş jarayonida xalqaro taʼlim hamda texnologik grantlardan keng foydalaniladi. Jumladan, dastlabki bosqiçlarda bulutli hisoblaş, dasturiy taʼminot va ilmiy-loyihaviy faoliyat uçun ajratiladigan grantlar orqali markazning texnik va innovatsion salohiyati mustahkamlanadi.
Markazda yuqori unumli GPU serverlar, katta til modellari (LLM), oçiq kodli dasturiy platformalar hamda zamonaviy sunʼiy intellekt infratuzilmasi joriy etiladi. Öquv jarayoni oflayn, onlayn va aralaş şakllarda olib boriladi.
Taʼlim markazining yillik qamrovi 250–350 nafar tinglovçini taşkil etişi rejalaştirilgan. Uşbu taşabbus Qöqon davlat universitetining ilmiy-taʼlim salohiyatini oşiriş, raqamli iqtisodiyot uçun raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş hamda hududda sunʼiy intellekt yönalişini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…