
2026-yil 6-may kuni Qöqon davlat universitetida özbek tilşunosligi taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan yirik olim, professor Inomjon Rasulov tavalludining 100 yilligiga bağişlangan “Filologiya va uni öqitiş: muammolar va innovatsion yeçimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Mazkur anjuman mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlar ilmiy jamoatçiligi eʼtiborini bir nuqtaga jamlab, filologiya sohasidagi dolzarb muammolar va istiqbolli yeçimlarni muhokama etiş maydoniga aylandi.
Universitetning Gumanitar fanlar va tillar fakulteti taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda Özbekiston va Turkiyaning yetakçi oliy taʼlim muassasalari olimlari, tajribali filologlar, yoş tadqiqotçilar hamda magistrantlar iştirok etdi. Xalqaro maqomga ega bölgan anjuman turli ilmiy maktablar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, tajriba almaşiş va yangi ilmiy yondaşuvlarni ilgari surişda muhim platforma vazifasini ötadi.
Anjumanda sözga çiqqanlar professor Inomjon Rasulovning özbek tilşunosligi rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, ilmiy maktab yaratişdagi örni hamda köplab yetuk mutaxassislar tayyorlaşdagi xizmatlarini alohida taʼkidladilar. Şuningdek, olim merosi bugungi kunda ham öz dolzarbligini yöqotmaganini, ayniqsa, til madaniyati va stilistika sohalarida muhim nazariy asos bölib xizmat qilayotganini qayd etildi.
Yalpi majlis davomida xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan qator dolzarb maʼruzalar tinglandi. Xususan, Ataturk universiteti professori Huseyin Baydemir hamda Ege universiteti professori Ibrahim Şahin turkiy dunyoda terminologiya masalalari va tarixiy til qatlamlari yuzasidan muhim fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ularning maʼruzalari til taraqqiyoti va ilmiy integratsiya jarayonlarini yangi nuqtai nazardan yoritib berdi.
Mahalliy olimlardan professorlar Nosirjon Uluqov, Şarifaxon Iskandarova professor Zuhra Akbarova va Dilora Nabiyeva Inomjon Rasulovning ilmiy merosini çuqur tahlil qilib, uning stilistik qaraşlari, til madaniyati rivojiga qöşgan hissasi hamda “til ilmining zargari” sifatidagi örni haqida batafsil maʼlumot berdilar. Mazkur çiqişlar orqali olimning ilmiy maktabi va uning davomçilari faoliyati yana bir bor eʼtirof etildi.
11 ta asosiy maʼruza tinglanganidan söng, anjuman öz işini şöbalarda davom ettirdi. Şöba yiğilişlarida filologiya fanining zamonaviy muammolari, xususan, til öqitişda innovatsion metodlardan foydalaniş, raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etiş, lingvistik tadqiqotlarda yangi yondaşuvlarni qöllaş kabi masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Iştirokçilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, öquv jarayonini takomillaştiriş hamda yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asosida til örgatiş metodikasini rivojlantiriş bugungi kunning ustuvor yönalişlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida ilgari surilgan ilmiy ğoyalar, taklif va tavsiyalar asosida maxsus ilmiy maqolalar töplamini çop etiş rejalaştirildi. Bu esa anjuman natijalarini keng jamoatçilikka yetkaziş, ilmiy izlanişlar samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.
Ötkazilgan mazkur xalqaro anjuman nafaqat atoqli olim xotirasini yod etiş, balki zamonaviy filologiya rivoji uçun muhim ilmiy platforma yaratdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








