
Bugun, 18-sentabr kuni Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti Sanʼatşunoslik kafedrasida “Yangi Özbekiston – yangi davr teatrlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Unda professor-öqituvçilar, ilmiy izlanuvçilar, yoş olimlar hamda sanʼat sohasi vakillari iştirok etdilar.
Konferensiya oçilişida Umidaxon Boltaboyeva sözga çiqib, tadbir ahamiyati haqida töxtaldi. Şundan söng teatr sanʼati, sahna ijroçiligi hamda zamonaviy estetik jarayonlarga oid qator ilmiy maʼruzalar tinglandi.
Yalpi majlisda Sanʼatşunoslik kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan aktyorlik mahoratini şakllantiriş, zamonaviy özbek teatri aktrisalari ijodida sahnaviy talqin, teatrda badiiy estetika, folklorizmning ijroçilik talqini hamda teatr sanʼatida mavzu va ğoyaning mutanosibligi kabi mavzularda nutqlar sözlandi.
Şuningdek, konferensiya doirasida şöba yiğilişlari ham taşkil etilib, unda teatr sanʼatida taʼlim va işlab çiqariş integratsiyasi, sahna va ekran sanʼatida taʼlim–ijod–ilm hamkorligi, şuningdek, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etişda sanʼat va madaniyatning örni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman nafaqat tajriba almaşiş maydoni, balki Yangi Özbekiston şaroitida teatr sanʼatining yangi bosqiçdagi rivojlaniş istiqbollarini belgilaşga xizmat qildi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








