
Bugun Qöqon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida talaba-yoşlarning jamiyat taraqqiyotidagi faolligini oşiriş hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etiş maqsadida “Tadbirkor yoşlar uçraşuvi” hamda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi tadbir bölib ötdi.
Mazkur uçraşuv Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi (ÖzLiDeP) Qöqon şahar Kengaşi hamkorligida taşkil etildi. Tadbir davomida yoşlarning biznes va tadbirkorlik sohasidagi bilim va könikmalarini rivojlantiriş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda amaliy tajribalar bilan taniştiriş masalalari muhokama qilindi.
Uşbu tadbirda ÖzLiDeP Qöqon şahar Kengaşi raisining birinçi örinbosari — apparat rahbari Tohir Möminov, ÖzLiDeP Qöqon şahar “Faxriylar kengaşi” aʼzosi, falsafa fanlari nomzodi Orif Qöşmatov hamda “E ONE PAYMENT” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Bekzodjon Rahmataliyev iştirok etdi.
Tadbir davomida mehmonlar tomonidan talaba-yoşlarga tadbirkorlikni boşlaş, biznes ğoyalarni şakllantiriş, moliyaviy savodxonlikni oşiriş hamda zamonaviy iqtisodiyotda öz örnini topiş böyiça muhim tavsiyalar berildi. Şuningdek, talabalar bilan oçiq muloqot va savol-javoblar taşkil etilib, yoşlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar berildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar bunday uçraşuvlar yoşlarning faolligini oşiriş, ularning kasbiy yönalişini belgilaş hamda tadbirkorlik taşabbuslarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





