
Qöqon davlat universitetida professor-öqituvçilarning siyosiy bilim va dunyoqaraşini yanada mustahkamlaş, ularning globallaşuv şaroitida jahonda röy berayotgan murakkab va tahlikali jarayonlarga nisbatan tahliliy yondaşuvini şakllantiriş maqsadida siyosiy-maʼrifiy davra suhbatlari taşkil etilmoqda.
Mazkur davra suhbatlarida xalqaro munosabatlar tizimida kuzatilayotgan keskin geosiyosiy jarayonlar, mintaqaviy va global xavfsizlik masalalari, axborot xurujlari, mafkuraviy tahdidlar hamda ularning jamiyat barqarorligi va taʼlim tizimiga taʼsiri atrofliça muhokama qilinmoqda. Şuningdek, bugungi kunda dunyo miqyosida sodir bölayotgan siyosiy jarayonlarning kelib çiqiş sabablari, ularning oqibatlari va oldini oliş mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbirlar davomida professor-öqituvçilar tomonidan ilgari surilgan fikr va mulohazalar asosida oçiq muloqotlar ötkazilib, dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy xulosalar bildirildi. Davra suhbatlarida siyosiy ong va mafkuraviy immunitetni kuçaytiriş, yoşlar tarbiyasida zamonaviy siyosiy bilimlarning ahamiyatini oşiriş masalalari ham muhim yönaliş sifatida belgilandi.
Taʼkidlanişiça, bunday siyosiy-maʼrifiy tadbirlar professor-öqituvçilarning siyosiy jarayonlarga nisbatan mustaqil va tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga, şuningdek, taʼlim jarayonida zamonaviy siyosiy bilim va tahliliy yondaşuvlarni samarali joriy etişga xizmat qiladi.
Mazkur davra suhbatlarini tizimli ravişda ötkaziş orqali Qöqon davlat universitetida siyosiy-maʼrifiy muhitni yanada mustahkamlaş, professor-öqituvçilarning kasbiy va intellektual salohiyatini oşiriş közda tutilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





