
Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida Qöqon davlat universitetida 2025–2026 öquv yili kuzgi semestri doirasida öquv jarayonini taşkil etiş böyiça zarur çoralar belgilandi.
Buyruqqa muvofiq, universitetda qişki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargaça etib belgilandi. Kuzgi semestr böyiça öquv jarayoni va fanlardan nazorat işlari esa tasdiqlangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan davom ettiriladi.
Talabalarga kuzgi semestr yakuniy nazoratlari böyiça barça maʼlumotlar bir hafta muddat içida yetkazilişi, yakuniy nazorat işlarining şaffof va talab darajasida taşkil etilişi taʼminlanadi.
Bayram va taʼtil kunlarida talabalar xavfsizligi hamda ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Şuningdek, 2025-yil 25-dekabrdan boşlab tyutorlar tomonidan talabalarning doimiy yaşaş joylariga xavfsiz yetib borişi va qişki taʼtil davridagi faolligi yuzasidan doimiy monitoring olib boriladi.
Mazkur çora-tadbirlar öquv jarayonining uzluksizligini taʼminlaş, taʼlim sifati va talabalarning xavfsizligi ustuvorligini mustahkamlaşga qaratilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…