
Bugungi kunda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida yoşlarning kasbiy tanlovini töğri şakllantiriş va ularni kelajakda munosib iş örinlari bilan taʼminlaş eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Şu maqsadda Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakultetida taşkil etilgan “Oçiq eşiklar kuni” aynan uşbu ezgu maqsadlarga xizmat qildi. Tadbir nafaqat abituriyentlar uçun yangi ufqlar oçiş, balki bitiruvçilarni mehnat bozoriga tayyorlaş va ularning bandligini taʼminlaş böyiça samarali muloqot maydoniga aylandi.
Tadbir doirasida taşrif buyurgan maktab bitiruvçilari universitetning Sanʼat va sport fakulteti faoliyati, u yerda yaratilgan zamonaviy şaroitlar va öquv jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlar uçun taşkil etilgan ekskursiya davomida yoşlar taʼlim sifatini taʼminlaşga xizmat qiladigan moddiy-texnik baza bilan bevosita tanişiş imkoniga ega böldilar. Professor-öqituvçilar tomonidan fakultetda öqitiladigan yönalişlar, ularning kelajakdagi istiqbollari hamda talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
“Oçiq eşiklar kuni”ning öziga xos jihati şundaki, u ikki tomonlama manfaatli jarayonni qamrab oldi. Bir tomondan, maktab bitiruvçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga javob olib, oliy taʼlimdagi muhitni his qilişdi va öz kelajaklari uçun töğri yönaliş tanlaşga undovçi motivatsiya oldilar. Ikkinçi tomondan esa, fakultetning bitiruvçi kurs talabalari uçun amaliyot ötaş, bölajak iş beruvçilar va soha mutaxassislari bilan muloqot qiliş imkoniyati yaratildi. Bu jarayon bitiruvçilarning diplom olgaç, mehnat bozorida öz örnini tezroq topişlari va iş bilan bandligini taʼminlaşda muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Universitet rahbariyati va fakultet professor-öqituvçilari taʼkidlaganidek, bunday oçiq muloqotlar maktab va universitet örtasidagi uzviylikni mustahkamlaydi. Sanʼat va sport yönalişlarida sifatli taʼlim oliş uçun barça zarur infratuzilma mavjudligi, talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi yutuqlari, şuningdek, universitetning mdaniyat va sport taşkilotlari bilan bölgan hamkorligi abituriyentlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir yakunida ötkazilgan oçiq muloqotlar davomida bitiruvçi sinf öquvçilari özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan töliq javob oldilar. “Oçiq eşiklar kuni” yoşlar uçun şunçaki universitet bilan tanişuv emas, balki ularning katta hayot ostonasidagi ilk va muhim qadami sifatida xotiralarida muhrlandi. Qöqon davlat universiteti esa öz eşiklarini bilim va hunar egallaşni maqsad qilgan barça iqtidorli yoşlar uçun har doim oçiq ekanligini yana bir bor namoyiş etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








