
Yurtimizda 2025/2026-öquv yili uçun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari izçil davom etmoqda. Qöqon davlat universitetida esa kasbiy (ijodiy) imtihonlar ilk kunlardanoq faol va yuqori taşkiliy saviyada ötkazilmoqda.
Jumladan, Jismoniy madaniyat yönalişiga hujjat topşirgan 405 nafar abituriyent belgilangan tartibda nazariy va amaliy könikmalar asosida sinovlardan ötmoqda. Talabgorlarga teng va şaffof muhit yaratiş maqsadida universitet sport zalida maxsus maydonlar tayyorlangan.
Şuningdek, belboğli kuraş yönalişi böyiça ham ijodiy imtihonlar ötkazilmoqda. Bu sport turi böyiça nomzodlar kuraş texnikasi, jismoniy tayyorgarlik, çaqqonlik va bardoşlilik böyiça sinovdan ötişmoqda. Baholaş jarayonlari malakali trenerlar va mutaxassislar tomonidan adolatli mezonlar asosida amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, universitetda milliy madaniyatimizni asrab-avaylaş va rivojlantiriş maqsadida anʼanaviy xonandalik yönalişiga qabul ham yölga qöyilgan. Mazkur yönalişda isteʼdodli yoşlarimizning ovoza va musiqiy saviyasi, ijroçilik madaniyati, sahnadagi özini tutişi kabi jihatlar eʼtiborga olinmoqda. Imtihonlar jonli ijroda ötkazilib, hakamlar hayʼati tarkibiga sanʼat sohasining tajribali ustozlari jalb etilgan.
Imtihon jarayonlari oçiqlik, xolislik va şaffoflik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Foto va videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritilmoqda. Bu esa nafaqat ota-onalar, balki keng jamoatçilik orasida ham ijobiy taassurot uyğotmoqda.
Qöqon davlat universiteti kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada taşkil etiş orqali har bir yoşning isteʼdodi va salohiyatini aniqlaşga, ularni töğri yönaltirişga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





