
Qöqon davlat universiteti hamda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti hamkorligida “Yozma manbalar tadqiqi va talqini” mavzusida ilmiy-nazariy seminar taşkil etildi. Mazkur ilmiy anjuman mamlakatimizda şarqşunoslik, manbaşunoslik va tarixiy tadqiqotlar sohasida olib borilayotgan izçil ilmiy izlanişlarni yanada rivojlantiriş, yozma manbalarni çuqur örganiş hamda yoş tadqiqotçilar ilmiy salohiyatini oşirişga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Seminarni Qöqon davlat universiteti Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Şarifjon Pulatov oçib berdi. Öz nutqida u universitet va Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik instituti örtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidlab, mazkur seminar ilmiy ğoyalar almaşinuvi, yangi tadqiqot yönalişlarini şakllantiriş hamda yoş olimlar salohiyatini rivojlantirişda muhim örin tutişini qayd etdi.
Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan qator dolzarb ilmiy maʼruzalar taqdim etildi. Jumladan, t.f.d., professor Surayyo Karimova (ÖzR FA Şarqşunoslik instituti ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari) “Ibn Sino ‘Tib qonunlari’ manbalari xususida” mavzusida maʼruza qilib, buyuk allomaning asarlari şakllanişida foydalanilgan yozma manbalar va ularning ilmiy ahamiyatini yoritib berdi. T.f.d. Odil Qoriyev (ÖzR FA Şarqşunoslik instituti Islomşunoslik bölimi boşliği) “Farğona fiqh maktabi olimlarining islom ilmlari rivojidagi örni” mavzusida söz yuritib, mintaqadagi diniy-ilmiy maktablarning islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi hissasini tahlil qildi. T.f.d., professor Şerali Qöldoşev (ÖzR FA Şarqşunoslik instituti Markaziy Osiyo tarixi bölimi yetakçi ilmiy xodimi) esa “Amir Temur va temuriylar tarixining Qöqon xonligiga oid yozma manbalardagi talqini” mavzusida maʼruza qilib, tarixiy manbalarda temuriylar davri va Qöqon xonligi örtasidagi boğliqlik masalalarini ilmiy jihatdan tahlil etdi.
Seminar davomida iştirokçilar yozma manbalar millatning tarixiy xotirasi, ilmiy va maʼnaviy merosining asosiy manbai ekanini taʼkidlab, ularni çuqur örganiş va töğri talqin qiliş tarixiy haqiqatni tiklaş hamda yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Şuningdek, yoş tadqiqotçilar ham öz ilmiy maʼruzalari bilan faol iştirok etib, mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar va ilmiy mulohazalar bilan boyitildi.
Yakunda seminar iştirokçilari bunday ilmiy-nazariy uçraşuvlarni muntazam ötkaziş, hamkorlikni yanada kengaytiriş hamda yozma manbalarni örganiş böyiça qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişdilar.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








