
Qöqon davlat universitetida energiya sarfini kamaytiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş böyiça izçil işlar olib borilmoqda. 2025-yil noyabr oyida universitetning 3-sonli talabalar turar joyiga 100 kVt quvvatga ega quyoş fotoelektrik stansiyasi örnatildi. Şuningdek, 2026-yil aprel oyida 5-sonli talabalar turar joyiga 65 kVt quvvatli quyoş fotoelektrik stansiyasi örnatildi. 2026-yilda universitet binolariga 1 000 dona energiya tejamkor LED lampa örnatildi.
Natijada universitetdagi quyoş fotoelektrik stansiyalarining umumiy quvvati 1 115 kVtga yetkazildi. 2026-yilda quyoş stansiyalari tomonidan jami 681 ming 580 kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi. Şundan 481 ming 817,5 kVt·soat elektr energiyasi universitetning içki ehtiyojlari uçun sarflandi, 199 ming 762,5 kVt·soat elektr energiyasi esa hududiy elektr tarmoqlariga uzatildi. Elektr energiyasini tarmoqdan iste’mol qiliş böyiça 1 million 295 ming kVt·soat reja belgilangan bölsa, amalda 981 ming 747 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilindi. Natijada 313 ming 253 kVt·soat elektr energiyasi tejaşga erişildi.
Taqqoslaş uçun, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida universitetdagi quyoş fotoelektrik stansiyalarining umumiy quvvati 950 kVtni taşkil etib, 414,2 ming kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. 2026-yilda esa quyoş stansiyalarining umumiy quvvati 1 115 kVtga, ya’ni 165 kVtga oşdi, işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi esa 681 ming 580 kVt·soatga yetdi. Mazkur körsatkiçlar universitetda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölami izçil kengayib borayotganini hamda energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan işlar samarali amalga oşirilayotganini körsatadi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…