
Qöqon davlat universitetida 1–2-kurs talabalari örtasida dastlabki amaliyot himoyalari jarayoni davom etmoqda. Mazkur muhim bosqiç talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş, ularning kasbiy könikmalarini mustahkamlaş hamda mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.
Xususan, Gumanitar fanlar va tillar fakulteti hamda Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalarining amaliyot himoyalari yuqori saviyada taşkil etildi. Jarayon davomida talabalar amaliyot davrida egallagan bilim va könikmalarini keng qamrovda namoyiş etdilar. Ular öz çiqişlarida turli taqdimotlar, yozma hisobotlar hamda bajarilgan amaliy işlar natijalarini taqdim etib, olib borgan faoliyatlarini çuqur tahlil qildilar.
Himoya jarayonlari professor-öqituvçilar tomonidan sinçkovlik bilan baholandi. Talabalarning bilim darajasi, ijodiy yondaşuvi, tahliliy fikrlaşi va mustaqil qaror qabul qiliş qobiliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, har bir talabaga kelgusida öz ustida işlaş, kasbiy mahoratini yanada oşiriş va amaliy faoliyatni samarali taşkil etiş böyiça aniq tavsiyalar hamda metodik körsatmalar berildi.
Taʼkidlaş joizki, amaliyot himoyalari taʼlim jarayonining ajralmas qismi bölib, talabalarning öz yönalişi böyiça yetuk mutaxassis sifatida şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi jarayonlar yoşlarning bilimini mustahkamlaş bilan birga, ularning real iş muhitiga moslaşuvi, masʼuliyat hissi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Qöqon davlat universitetida ötkazilayotgan amaliyot himoyalari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirişda samarali platforma bölib, ularning kelajakdagi professional faoliyati uçun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








