
Qöqon davlat universitetida jamoatçilik-siyosiy faollikni yanada oşiriş, talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni şakllantiriş va atrof-muhit muhofazasiga oid taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida muhim taşkiliy tadbir amalga oşirildi.
Xususan, Özbekiston Ekologik partiyasi Qöqon şahar kengaşi taşabbusi bilan universitetning Gumanitar fanlar va tillar fakultetida boşlanğiç partiya taşkiloti tuzildi. Mazkur taşkilot ekologik tarğibot işlarini tizimli yölga qöyiş, yoşlarning ekologik muammolarga befarq bölmaslik ruhida tarbiyalaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga xizmat qiladi.
Yiğiliş davomida taşkilot faoliyatini samarali yölga qöyiş, istiqboldagi vazifalarni belgilab oliş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, ekologik muhofaza, “yaşil makon” ğoyalarini keng tarğib qiliş, hududlarda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini kuçaytiriş borasida taklif va taşabbuslar ilgari surildi.
Tadbir yakunida yangi taşkil etilgan boşlanğiç partiya taşkilotiga rahbar etib fakultet tyutori Bobojanova Zilola Erkinovna saylandi. Unga taşkilot faoliyatini samarali taşkil etiş, talaba-yoşlarni ekologik taşabbuslarga keng jalb qiliş hamda partiyaning maqsad va vazifalarini tarğib etiş borasida masʼuliyatli vazifalar yuklatildi.
Mazkur taşabbus universitet hayotida muhim ahamiyat kasb etib, ekologik ong va madaniyatni yuksaltiriş, yoşlarning jamiyatdagi faolligini oşiriş yölida yana bir muhim qadam böldi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…