
3-sentyabr kuni Qöqon davlat universiteti fakultetlarida yangi öquv yilining boşlanişi munosabati bilan “Bilimlar kuni”ga bağişlangan tadbirlar keng miqyosda ötkazildi. Ertalab tongdan talabalar, professor-öqituvçilar va ota-onalar karnay-surnay va doiraçilar jörligida bayramona ruhda kutib olindi.
Tantanali marosim Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijrosi bilan boşlandi. Marosim iştirokçilari madhiyani birgalikda kuylab, yangi öquv yiliga yuksak kayfiyatda qadam qöyişdi.
Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Husanov, fakultet dekanlari yiğilganlarni yangi öquv yilining boşlanişi bilan samimiy muborakbod etdi. Tabrik sözida mustaqillik qadri, ilm-fan taraqqiyoti va yoşlarning intellektual salohiyatini qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan islohotlar haqida söz yuritildi. Şuningdek, talabalardan faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etiş, akademik halollik tamoyillariga qatʼiy amal qiliş hamda innovatsion taşabbuslarda faol böliş söraldi.
Tadbir doirasida faxriy professor-öqituvçilardan yoşlarga öz hayotiy tajribasi asosida ibratli tilaklar bildirib, ilmda izçil mehnat, intizom va intiliş muvaffaqiyat kaliti ekani haqida gapirdi. Şuningdek, yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan birinçi bosqiç talabalari öz taassurotlarini bölişib, universitetdagi taʼlim imkoniyatlaridan samarali foydalanişga vaʼda berdilar.
Bayramona dastur şeʼrxonlik bilan davom etdi: Vatan, ilm-maʼrifat va mustaqillik mavzularida öqilgan şeʼrlar tinglovçilarda ruhiy kötarinkilik uyğotdi. Talabalar tomonidan sahnalaştirilgan qisqa körinişlar hamda yoşlar ansambli ijrosidagi kuy-qöşiqlar marosimga yanada çiroy bağişladi.
Tantanadan söng talabalar tyutorlar rahbarligida öquv xonalariga yönaltirildi
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








