
Bugun mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan “Yoşlar kuni” Qöqon davlat universiteti jamoasi uçun qöşaloq bayramga aylanib ketdi. Boisi, oliygohning iqtidorli talabalari nafaqat ilm-fanda, balki sanʼat va madaniyat olamida ham özlarining yuksak salohiyatlarini xalqaro miqyosda isbotlamoqdalar. Şu munosabat bilan universitet rektori, professor Dilnoza Xodjayevaning nufuzli xalqaro tanlov ğoliblari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuv markazida kuni keça poytaxtimizda yakuniga yetgan, jahonning köplab davlatlaridan eng mahoratli ijroçilar yiğilgan “Navröz sadolari” XII xalqaro musiqa festivali qatnaşçilari böldi. Samimiy muloqot davomida oliygoh rahbari sanʼat yönalişida tahsil olayotgan yoşlarning erişgan natijalarini alohida eʼtirof etib, bu muvaffaqiyatlar ortida tinimsiz mehnat va ustozlarning ögiti yotganini taʼkidladi.
Xususan, Sanʼat va sport fakultetining faxriga aylangan, dirijor Zuhriddin Abdullayev rahbarligidagi “Durdona” xalq çolğulari orkestri festivalda özining betakror ijrosi bilan hakamlar hayʼati va muxlislar olqişiga sazovor böldi. Jamoaning mutlaq ğolib deb topilib, faxrli 1-örinni qölga kiritişi Qöqon sanʼat maktabining jahon sahnasidagi yana bir ğalabasi sifatida qayd etildi.
Şu bilan birga, Feruzbek Neʼmatov boşçiligidagi “Virtuoz” ansamblining kuçli uçlikdan joy olgani hamda isteʼdodli talaba Xanifaxon Soyibjonovaning “Eng yaxşi ijroçi” va “Umid” nominatsiyalarida ğolib deb topilişi barçaga birdek ğurur bağişladi.
Tadbirning eng hayajonli va eʼtiborli jihati — yoşlarga sanʼat sirlarini örgatib, ularning kamolotida beminnat xizmat körsatib kelayotgan ustozlarga körsatilgan ehtirom böldi. Köp yillardan buyon navqiron avlodga saboq berib, ularni katta sahnalarga tayyorlab kelayotgan fidoyi sanʼatkor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Yaxyobek Möminovga körsatgan yuksak xizmatlari uçun oliygoh rahbariyati tomonidan milliy anʼanalarimizga köra çopon kiydirildi. Uşbu ehtirom namuna bölarli ustoz-şogird maktabining bardavomligi va sanʼatga bölgan yuksak eʼtiborning ramziy ifodasiga aylandi.
Professor Dilnoza Xodjayeva ğolib yoşlar bilan muloqot qilar ekan, ularning har bir taşabbusi, istiqbolli rejalari va ijodiy izlanişlari oliygoh maʼmuriyati tomonidan doimiy ravişda qöllab-quvvatlanişini bildirdi. “Bizning asosiy maqsadimiz — siz kabi iqtidorli yoşlarning dunyo sahnalarida Özbekiston bayroğini yuksaklarga kötarişingiz uçun barça imkoniyatlarni safarbar etişdir”, — deya taʼkidladi rektor.
Uçraşuv yakunida ğoliblarga esdalik sovğalari topşirildi. Mazkur muloqot talabalar uçun yangi ijodiy marralarni zabt etiş yölida ulkan motivatsiya berişi şubhasiz.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








