
Qöqon davlat universitetining xalqaro aloqalarini kengaytiriş, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yölga qöyiş hamda professor-öqituvçilar va talabalar uçun yangi akademik imkoniyatlar yaratiş borasidagi sa’y-harakatlari izçil davom etmoqda.
Ana şunday xalqaro hamkorliklardan biri sifatida Qöqon davlat universiteti va Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (Universitas Negeri Surabaya — UNESA) örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi akademik, ilmiy va ta’limiy aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi. Kelişuv orqali tomonlarning özaro tajriba almaşişi, ta’lim va ilm-fan sohasidagi ilğor yondaşuvlarni örganişi, şuningdek, xalqaro miqyosdagi qöşma loyihalarni amalga oşirişi uçun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Surabaya davlat universiteti 1964-yilda taşkil etilgan bölib, bugungi kunda Indoneziyaning yetakçi davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet, ayniqsa, ta’lim va pedagogika sohalaridagi yuqori akademik salohiyati bilan ajralib turadi. Ta’lim sifatini oşiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni rivojlantiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş universitet faoliyatining ustuvor yönalişlaridan sanaladi.
Surabaya davlat universitetining xalqaro akademik reytinglardagi natijalari ham uning ta’lim sohasidagi nufuzini namoyon etadi. Xususan, universitet ta’lim yönalişi böyiça THE by Subject reytingida dunyo miqyosida 211-örin, Indoneziyada esa 5-örinni egallaydi. Hamkorlik memorandumi doirasida, avvalo, ikki universitet professor-öqituvçilari va talabalari uçun yangi akademik imkoniyatlar yaratiş közda tutilgan. Jumladan, akademik mobillik dasturlarini rivojlantiriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, özaro tajriba almaşiş hamda ta’lim jarayoniga ilğor xalqaro tajribalarni joriy etiş böyiça hamkorlik qiliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, tomonlar örtasida qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş alohida yönaliş sifatida belgilangan. Bu esa ikki universitet olimlari va tadqiqotçilarining ilmiy salohiyatini birlaştiriş, dolzarb ilmiy masalalar yuzasidan birgalikda tadqiqotlar olib boriş, ilmiy maqolalar va tadqiqot natijalarini hamkorlikda tayyorlaş imkonini beradi.
Hamkorlikning yana bir muhim yönalişi — ta’lim dasturlarini rivojlantiriş va takomillaştiriş. Mazkur yönalişda ikki universitet mutaxassislari örtasida tajriba almaşinuvi yölga qöyilib, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilğor metodikalarni öquv jarayoniga tatbiq etiş imkoniyatlari örganiladi.
Xalqaro hamkorlikning kengayişi Qöqon davlat universitetining jahon ta’lim makonidagi mavqeyini mustahkamlaş, universitetning xalqaro hamkorlar tarmoğini kengaytiriş hamda professor-öqituvçilar va talabalar uçun xorijiy tajribani örganiş imkoniyatlarini köpaytirişga xizmat qiladi.
Surabaya davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi ikki tomon uçun manfaatli va uzoq muddatli akademik aloqalarni rivojlantirişning muhim huquqiy asosini yaratadi. Kelgusida uşbu kelişuv doirasidagi amaliy taşabbuslarning bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etilişi natijasida talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, qöşma ilmiy loyihalar, xalqaro tadbirlar hamda ta’lim dasturlarini takomillaştiriş borasida yangi loyihalarni amalga oşiriş kutilmoqda.
Mazkur hamkorlik Qöqon davlat universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlaş bilan birga, universitet jamoasining xorijiy tajribadan samarali foydalanişi, yangi ilmiy va akademik taşabbuslarni ilgari surişi hamda zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Şu ma’noda, Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bölgan Surabaya davlat universiteti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi Qöqon davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş yölidagi navbatdagi muhim qadam bölib, ikki universitet örtasidagi uzoq muddatli, samarali va özaro manfaatli akademik aloqalarning yangi bosqiçini boşlab beradi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…


