
Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayevaning talaba-yoşlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka çaqirişga qaratilgan murojaati
Qadrli talabalar! Hurmatli ota-onalar, aziz ustozlar va universitet jamoasi!
Bugungi şiddatli zamonda yoş avlodning töğri hayot yölini tanlaşi, soğlom va maʼnaviy yetuk bölib ulğayişi — barçamizning eng muhim vazifamizdir. Çunki ertangi kunimiz, jamiyatimizning farovonligi aynan siz, aziz yoşlarning qölida.
Afsuski, dunyo miqyosida giyohvandlik bilan boğliq muammolar tobora kuçayib bormoqda. Ayrim yurtlarda bölgani kabi, mamlakatimizda ham baʼzan yoşlar bilmagan holda, vaqtinça quvonç yoki yengil yöl bilan daromad topiş ilinjida bu illatning çangaliga tuşib qolmoqda. Bu esa eng avvalo ularning kelajagi, salomatligi, oila va jamiyatdagi örniga jiddiy zarar yetkazadi.
Aziz talabalar!
Siz — ertamiz egalari, bilim va taraqqiyotga intilayotgan, orzu va maqsadlari katta avlodsiz. Bir lahzalik qiziqiş uçun hayotingizni xavfga qöymang. Şuni yodda tuting: giyohvandlik insonning aqliy salohiyati, soğliği va kelajagini yemiradigan eng oğir illatlardan biridir. Sizning iroda, intizom va maqsad sari qatʼiyat bilan intiliş kabi fazilatlaringiz bu balo oldida eng mustahkam qalqondir.
Hurmatli ota-onalar!
Farzand — oilaning eng katta boyligi. Uning kimlar bilan döstlaşayotgani, nimalar bilan şuğullanayotgani, hayotga munosabati — bularning barçasi ota-onaning doimiy eʼtiborida bölişi juda muhim. Farzandingizga yaqin böling, uni qöllab-quvvatlang, suhbatdoşi va işonçli maslahatçiga aylaning. Biz tarbiyada birdam bölsak, yoşlarimizni har qanday xavf-xatardan asrab qolamiz.
Muhtaram ustozlar!
Talabalarning hayotida har bir dars, har bir maslahat, har bir eʼtiborli yondaşuv iz qoldiradi. Giyohvandlikning oqibatlari, soğlom turmuş tarzi, maʼnaviyat va masʼuliyat haqida ularga köproq tuşuntiriş bugungi davr talabi hisoblanadi. Bizning vazifamiz — bilim beriş bilan birga ularni hayotning qiyin sinovlaridan himoya qila oladigan mustahkam eʼtiqod va töğri qaror qabul qiliş könikmasi bilan qurollantirişdir.
Azizlar!
Bugun bu illatga qarşi kuraşda barçamizning birlaşişimiz zarur. Giyohvandlikka qarşi kuraş — bu faqat mutasaddi idoralar vazifasi emas, balki har bir ota-ona, har bir ustoz, har bir talabaning fuqarolik burçidir.
Qöqon davlat universitetining ertangi kuni, Vatanimizning porloq istiqboli — sizning soğlom tanlovlaringiz, ongli harakatlaringiz va adolatga bölgan sadoqatingizga boğliq.
Keling, birgalikda soğlom va nurli kelajakni yarataylik! Bir-birimizni qöllab-quvvatlaylik, yoşlarimizni asraylik! Özbekistonning ertangi kuni — bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy pozitsiyamizdadir.
Hurmat bilan,
Qöqon davlat universiteti rektori
Dilnoza Xodjayeva
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…