
Aziz ota-onalar, qadrli abituriyentlar!
Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz boşçiligida mamlakatimizning barça sohalari singari taʼlim tizimida ham keng kölamli, tarixiy islohotlar amalga oşirilmoqda. Buning yaqqol isboti sifatida yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş darajasi bir neça barobarga ortganini, yoşlarimiz uçun yangi imkoniyatlar eşigi oçilayotganini faxr bilan keltiriş mumkin.
Bugungi kunda oldimizga qöyilgan ustuvor vazifalar – oliy taʼlimda qabul qamrovini yanada kengaytiriş bilan birga, mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşdan iboratdir. Şu maqsadda oliy taʼlim muassasalariga, jumladan, bizning universitetiga ham qator imkoniyatlar berildi.
Sohadagi eng muhim va quvonarli islohotlardan biri – qabul jarayonlarining töliq raqamlaştirilib, onlayn tarzda taşkil etilganidir. Test va ijodiy imtihonlarni topşiriş, öqişni köçiriş va tiklaş kabi barça jarayonlar bugun şaffof platformalar orqali amalga oşirilmoqda. Bu tizim Siz, aziz ota-onalar va yoşlarimiz uçun ortiqça sarf-xarajat hamda qoğozbozlikdan xalos böliş, vaqtingizni tejaş uçun juda qulay imkoniyat yaratdi.
Qadrli yoşlar!
Bugun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli hiylalar bilan ota-onalar hamda abituriyentlarni aldab, pullar evaziga "talabalikni vaʼda qilayotgan" ayrim kimsalarning jinoiy harakatlariga çek qöyilayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Yurtimizda korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraş ketmoqda. Qabul jarayonida nopok kimsalar va firibgarlarning aldoviga uçmang! Universitetda tanişi yoki yaqin qarindoşi borligini rökaç qilib, sizga soxta vaʼdalar berayotganlarga heç qaçon işonmang! Uşbu illatga qarşi har birimiz, keng jamoatçilik hamjihatlikda kuraşsakkina, közlangan ijobiy natijaga tezroq erişamiz.
Qöqon davlat universitetida barça qabul va imtihon jarayonlari töliq oçiq, adolatli va şaffof ötişi qatʼiy taʼminlanadi. Ayniqsa, ijodiy imtihonlar keng jamoatçilik, OAV vakillari va blogerlar kuzatuvida, jamoat nazorati ostida bölib ötadi. Biz adolat mezonlarini buzişga urinadigan har qanday holatga qarşi qatʼiy çoralarni köramiz.
Aziz, yoşlar!
Sizni oldinda yoruğ va buyuk kelajak kutib turibdi. Öz kelajagingiz poydevorini aldov va soxtalik ustiga qurmang! Faqat va faqat öz bilimingizga, isteʼdoingiz va kuçingizga işoning! Jamiyatda korrupsiyaning ildiz otişiga, kimningdir jinoiy şerigiga aylanişiga yöl qöymang. Halol mehnat va maşaqqat bilan erişilgan ğalabaning gaşti mutlaqo bölakça böladi.
Barçangizga imtihonlarda muvaffaqiyat, talabalik baxti va quvonçi nasib etişini tilayman. Yuzingiz yoruğ bölib, talabalikka tavsiya etilgan kunlaringizda Qöqon davlat universiteti Sizlarni quçoq oçib, faxr bilan kutib olajak!
Hurmat bilan,
Dilnoza Xodjayeva
Qöqon davlat universiteti rektori, professor
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…