
Joriy yilning 26–29-mart kunlari Hindistonda ötkazilayotgan “Global Partnerşip Conclave ’26” xalqaro konferensiyasida Qöqon davlat universiteti delegatsiyasi iştirok etmoqda. Uşbu nufuzli anjuman dunyo oliy taʼlim muassasalari va ilm-fan sohasidagi yetakçi mutaxassislarni birlaştiradi.
Universitet nomidan konferensiyada öquv işlari böyiça prorektor Oybek Bozorov, ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor Şarifjon Pulatov hamda Xorijiy tillar metodikasi kafedrasi mudiri Ahmadjon Najmiddinov qatnaşmoqda. Delegatlar universitetning xalqaro maydondagi aloqalarini mustahkamlaş va yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş böyiça faol iş olib bormoqda.
Konferensiyaning asosiy mavzusi — “Global hamkorlikni mustahkamlaş: hamkorlik, akademik mobillik va innovatsiyalarni rivojlantiriş orqali intellektual kelajakni barpo etiş” bölib, unda 20 dan ortiq mamlakat va 40 dan ziyod xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan delegatlar iştirok etmoqda. Mazkur tadbir doirasida iştirokçilar dunyo taʼlim tizimidagi sönggi yangiliklar, innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqotlar böyiça fikr almaşadilar.
Anjuman davomida xalqaro akademik hamkorlikni kengaytiriş, talabalar va professor-öqituvçilar mobilligini rivojlantiriş, şuningdek, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş yönalişlarida samarali muloqotlar va tajriba almaşinuvi amalga oşiriladi. Şu bilan birga, konferensiyada yangi ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oşiriş böyiça kelişuvlar tuzilişi va ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy etiş böyiça fikrlar muhokama qilinişi kutilmoqda.
Mazkur iştirok Qöqon davlat universitetining xalqaro maydondagi aloqalarini yanada kengaytiriş, şuningdek, strategik hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Delegatsiya Hindistondagi konferensiya davomida erişilgan natijalar böyiça universitetga qaytganidan söng içki muhokamalar va tajriba almaşinuvi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








