
Hozirda Çexiya safarida bölib turgan Qöqon davlat universiteti rektori Dilnoza Xodjayeva boşçiligidagi delegatsiya Praga şahrida joylaşgan dunyoga maşhur Yan Amos Kamenskiy nomidagi Pedagogika muzeyiga taşrif buyurdi.
Taşrif çoğida delegatsiya muzey maʼmuriyati tomonidan iliq kutib olindi. Muzey faoliyati, tarixi va undagi eksponatlar bilan yaqindan tanişilgan uçraşuv davomida özaro tajriba almaşildi. Universitet rektori Dilnoza Xodjayeva faxriy mehmonlar kitobiga özining tilaklarini yozib qoldirdi.
Uçraşuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlikda işlaş, xususan, Qöqon davlat universiteti qoşida "Milliy taʼlim muzeyi"ni taşkil etiş böyiça fikr almaşişdi. Uşbu taşabbus ikki tomonlama ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, tarixiy-maʼnaviy merosni keng tarğib qilişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, 1892-yilda asos solingan mazkur muzey IX asrdan to hozirgi kungaça taʼlim sohasida yuz bergan eng muhim tarixiy bosqiçlar va jarayonlar haqida boy materiallarga ega. Muzey eksponatlari jahon taʼlim tizimining şakllanişi va taraqqiyotiga oid noyob manbalarni öz içiga oladi.
Qöqon davlat universiteti delegatsiyasining Çexiyadagi uşbu taşrifi xalqaro ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlaş yölidagi navbatdagi muhim qadam bölmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…






