
Qöqon davlat universitetining Sanʼat va sport fakultetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda. Fakultetning Musiqa nazariyasi kafedrasi, Musiqa taʼlimi yönalişi sirtqi bölim 3-bosqiç talabalari taşabbusi bilan “Milliy anʼana va qadriyatlarimiz” nomli maʼnaviy-badiiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirda Musiqa nazariyasi kafedrasi professor-öqituvçilari, talaba-yoşlar hamda sanʼat ixlosmandlari faol iştirok etdilar. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — milliy urf-odatlarimiz, qadimiy udum va anʼanalarimiz, boy kuy-qöşiqlarimiz orqali yoşlar qalbida milliy özlikni anglaş tuyğusini mustahkamlaş, ona Vatanga muhabbat va sadoqat hissini yanada yuksaltirişdan iborat böldi.
Tadbir davomida milliy kuy-qöşiqlar jonli ijro etildi, xalq oğzaki ijodi namunalaridan parçalar yangradi. Talabalar tomonidan sahnalaştirilgan çiqişlar va badiiy kompozitsiyalar tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Har bir çiqişda xalqimizning boy maʼnaviy merosi, qadriyatlari va anʼanalari öz ifodasini topdi.
Professor-öqituvçilar öz sözlarida milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, ularni yoş avlod ongiga singdiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini taʼkidladilar. Zero, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalangan yoşlar — yurt kelajagining işonçli poydevoridir.
Mazkur tadbir talaba-yoşlarning ijodiy salohiyatini namoyon etiş, ularning sanʼatga bölgan qiziqişini yanada oşiriş va maʼnaviy dunyosini boyitişga xizmat qildi. Universitetda bu kabi maʼrifiy va madaniy taşabbuslar izçil davom ettirilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





