
Bahor nafasi bilan birga köhna va hamişa navqiron Qöqon zaminiga yangilaniş va yaşariş ayyomi — Navrözi olam kirib keldi. Bugun Qöqon davlat universiteti Sanʼat va sport fakulteti hududi har qaçongidan-da gavjum, har qaçongidan-da gözal! Atrofda bahoriy gullar ifori, yoşlarning quvnoq kulgusi va bayramona bezatilgan davra közni quvnatadi.
Talaba-yoşlar örtasida milliy qadriyatlarimizni uluğlaş, ajdodlar merosini eʼzozlaş va soğlom turmuş tarzini ommalaştiriş maqsadida taşkil etilgan uşbu keng kölamli bayram saylini universitetning birinçi prorektori Ahmajon Husanov tantanali ravişda oçib berdi. U öz sözida Navrözning maʼnaviy hayotimizdagi örni, yoşlar kamolotida milliy anʼanalarning ahamiyati haqida töxtalib, barça iştirokçilarni yangilaniş fasli bilan muborakbod etdi.
Sayilning eng qizğin va zavqli jarayonlari — bu milliy anʼanalarimizning jilosidir. Olovda qizigan qozonlar, atrofga taralgan ziravorlarning xuşböy hidi oşpazlik mahorati böyiça bellaşuvlardan darak berardi.
Dasturxonimiz körki bölmiş palov tayyorlaş böyiça ötkazilgan tanlov haqiqiy mahorat maktabiga aylandi. Guruçning sarasi-yu, masalliqlarning meʼyori bilan pişirilgan taomlar nafaqat hakamlar, balki barça mehmonlarning ham eʼtirofiga sazovor böldi. Yoşlarimiz nafaqat pazandaçilik sirlarini namoyiş etişdi, balki ota-bobolarimizdan meros qolgan bağrikenglik va mehmondöstlik kabi olijanob xislatlarni ham amalda körsatib berdilar.
Polvonlar va botirlar bayrami doirasida taşkil etilgan sport musobaqalari davrani haqiqiy şijoat maydoniga aylantirdi. Talabalar öz jismoniy tayyorgarligi va irodasini namoyiş etdilar.
Har bir ğalaba hayqiriği, muxlislarning olqişlari bayram şukuhiga özgaça jöşqinlik bağişladi. Bu bellaşuvlar yoşlarni ham jismonan, ham maʼnan çiniqtirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Sanʼat va sport fakulteti bölganidan keyin, bu yerda kuy va qöşiq daryo bölib oqişi, raqslar sehriga asir bölmaslikning iloji yöq! Bölajak sanʼatkorlar tomonidan tayyorlangan badiiy çiqişlar sayilning eng gözal qismiga aylandi. Dutorning mayin sadosi, doira zarblari va yoş xonandalar ijrosidagi jonli taronalar osmonu falakka kötarildi. Sahna körinişlarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, marosimlari va afsonalari mahorat bilan talqin etildi. Har bir çiqiş — tariximizga ehtirom, kelajakka işonç ramzi bölib jarangladi.
Mazkur Navröz sayli şunçaki bayram sifatida emas, balki talaba-yoşlar örtasidagi ahillik, ijodiy parvoz va milliy ğurur namoyişi sifatida muhrlandi. Bu yerda şakllangan döstona muhit va kötarinki ruh talabalarning kelgusi öqiş va işlarida yangi zafarlarga ilhom bağişlaşi şubhasiz.
Qöqon davlat universiteti yoşlari uşbu bahoriy ayyomni yuksak tayyorgarlik va çeksiz quvonç bilan qarşi oldilar. Zero, Navröz bor joyda qut-baraka, mehr-oqibat va hamjihatlik barqarordir!
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…








