
Qöqon davlat universiteti talabalari uçun taşkil etilgan Buxoro şahriga sayohat yoşlarda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va ajdodlarimiz qoldirgan bebaho obidalarga bölgan hurmatni yanada kuçaytirdi. Maʼnaviy-maʼrifiy safar davomida talabalar qadimiy va navqiron Buxoroning tarixiy maskanlari, meʼmoriy obidalari hamda muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanişdilar.
Sayohatning ilk manzillaridan biri Buxoroning ramzi hisoblangan Ark qalʼasi böldi. Talabalar uşbu qadimiy qörğonning köp asrlik tarixi, amirlik davridagi siyosiy va madaniy hayoti haqida batafsil maʼlumotlarga ega böldilar. Gidlar tomonidan berilgan tarixiy maʼlumotlar yoşlarning qiziqişini yanada oşirdi. Ayniqsa, qalʼa içidagi muzey eksponatlari, qadimiy qurol-aslahalar, qölyozmalar va saroy qismlari talabalar taassurotida unutilmas iz qoldirdi.
Sayohat davomida talabalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş va tarixiy ongini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratildi. Talabalar uşbu safar davomida nafaqat tarixiy obidalarni tomoşa qildilar, balki jamoaviy hamjihatlik, özaro hurmat va döstlik muhitini yanada mustahkamlaş imkoniga ham ega böldilar. Ularning taʼkidlaşiça, Buxoro safari yoşlarga katta maʼnaviy ozuqa, yangi taassurot va unutilmas xotiralarni tuhfa etdi.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





