
Qöqon davlat universiteti Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan talaba-yoşlar örtasida “PUBG Mobile” öyini böyiça “Kiber sport” öyini taşkil etildi. Zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqiş ortib borayotgan bugungi kunda bunday musobaqalar yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning intellektual salohiyatini oşiriş hamda jamoaviy işlaş könikmalarini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur turnirda universitetning turli fakultetlaridan jami 12 ta jamoa iştirok etib, köçma kubok uçun özaro keskin va murosasiz bahs olib bordi. Musobaqa davomida iştirokçilar özlarining strategik fikrlaş qobiliyati, tezkor qaror qabul qiliş mahorati hamda hamkorlikdagi uyğun harakatlarini namoyon etdilar. Har bir bosqiç sportga xos halollik tamoyillari asosida taşkil etildi.
Öyin yakunlariga köra, faxrli 1-örin Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakultetining “RTX” jamoasiga nasib etdi. 2-örinni Gumanitar fanlar va tillar fakultetining “Wild game” jamoasi egallagan bölsa, 3-örin Aniq fanlar va muhandislik fakultetining “The 712 winners” jamoasiga nasib qildi. Ğolib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Şuningdek, musobaqa natijalariga köra eng iqtidorli iştirokçilar saralab olinib, universitetning kiber sport böyiça terma jamoasi şakllantirildi. Mazkur jamoa kelgusida turli musobaqalarda iştirok etib, oliygoh şaʼnini munosib himoya qilişi kutilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…



