
Qöqon davlat universitetida talabalarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning ijtimoiy muammolarini öz vaqtida hal etiş hamda taʼlim bilan bir qatorda hayotiy qulayliklarini taʼminlaşga qaratilgan amaliy işlar izçil davom etmoqda.
Bugun Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Ahmajon Husanov, xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi Barnoxon Hasanova, xotin-qizlar böyiça inspektor Zulhumor Hayitova va tyutorlardan iborat işçi guruh mahallalarda ijarada yaşayotgan talabalar xonadonlariga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida xonadonlarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, isitiş tizimlari, gigiyenik şaroitlar, yonğin xavfsizligi talablari va yaratilgan qulayliklar örganildi. Şuningdek, ayrim kamçiliklar joyida aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça xonadon egalari hamda masʼullarga tegişli tavsiyalar berildi.
Suhbat çoğida talabalarning dars jarayonlari, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ijtimoiy faoliyatdagi iştiroklari ham muhokama qilindi. Ularning taklif va fikrlari tinglanib, zarur yordam çoralari belgilab olindi.
Mazkur taşriflar talabalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularni doimiy eʼtiborda tutiş hamda taʼlim muassasasi va talabalar örtasida özaro işonç va hamkorlik muhitini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Öxşaş yangiliklar

“Yaşil makon” — tabiatni asraş va ekologik madaniyatni yuksaltiriş yölida
Qöqon davlat universitetida “Yaşil makon: ösimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va yoş avlodni tarbiyalaşda tabiatni asraşni örgatiş” mavzusida xalqaro ilmiy-amali…

Raqamli qaramlik va sun’iy intellekt: dolzarb muammoga bağişlangan anjuman ötkazildi
Mamlakatimizda raqamli texnologiyalar şiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda jamiyat oldida turgan dolğzarb masalalarga bağişlangan muhim ilmiy-amaliy anjuman böli…

Fizika va astronomiya ta’limida zamonaviy yondaşuvlar muhokama qilindi
Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuçaytiriş, fundamental tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etiş hamda yangi avlod olimlari uçun samarali mul…





